Nanorobotlar saratonni davolashga yordam beradi

Nanorobotlar saratonni davolashga yordam beradi

Kanadaning Monreal shahrida olimlar saraton kasalliklarini davolash samaradorligini oshiradigan va kimyoviy terapiyani asoratlarini bartaraf etadigan nanorobotlarni yaratishdi. Bu haqda Hightech.fm resursi xabar bermoqda.

Robotlar qivchinsimon bakteriyalar, magnit qismlarining zanjirlari va har xil datchiklardan tayyorlanib, ular odam organizmidagi saraton hujayralarini aniqlashga xizmat qiladi. Kasallangan to‘qimalar topilgach, robotlar davolash uchun ularga dori vositalarini yetkazadi.

Saratonni samarali davolash ushbu texnologiyaning asosiy afzalligi hisoblanadi. Nanorobotlar dorivor vositani bevosita saraton o‘simtasiga yetkazganligi tufayli, ular yordamida kimyoviy terapiya uchun zaruriy toksinlarning dozasini sezilarli darajada tushirish mumkin. Buning natijasida bemorlar davolashning aks ta’sirlaridan (boshqa organlarning shikastlanishi, ko‘ngil aynishi, sochning to‘kilishi va boshqalar) himoyalanadilar.

Olimlar mazkur kashfiyotni sichqonlarda sinab ko‘rib, ijobiy natijaga erishdilar. Ajab emas, yaqin kelajakda robotlar saratonni davolashga jalb qilinsa.

Ta’kidlash kerak, saratonni davolashdagi ilk bunday ixtiro emas. 2013 yilda Janubiy Koreyalik olimlar yirik saraton o‘simtalarini aniqlaydigan va biroz boshqacha moduldagi robotlarni patentlagan edilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!