Naq 3,000 dollarlik smartfon taqdim etildi

Naq 3,000 dollarlik smartfon taqdim etildi

Kecha Huawei katta tadbir o‘tkazdi. Unda kompaniya yangi smart soatlar, planshet, VR ko‘zoynaklar hamda ish stoli kompyuterini taqdim etdi.

O‘QING: Galaxy smartfonlarining Android 12 operatsion tizimiga o‘tish sanalari e’lon qilindi 

Shu kuni kompaniya, shuningdek, Collector's Edition Mate X2 smartfonini ham namoyish etdi. Odatiy Mate X2'dan farqli o‘laroq yangi maxsus buklamafonning orqa paneli qizil, qora va oq rangdagi charm bilan qoplangan. 

Smartfonning tashqi ekrani qirilishlarga bardoshli bo‘lishi uchun Huawei nano-kristalli shishadan foydalandi. Collector's Edition Mate X2 buklamafoni 12GB tezkor xotira hamda 512GB doimiy xotiraga ega. Uning narxi esa 3,090 dollarni tashkil qiladi. Qurilma dekabr oyidan sotuvga chiqadi. 

Buklamafonning qolgan texnik jihatlari avvalgi Mate X2 bilan bir xil, ya’ni u 8 dyuymli asosiy displey bilan jihozlangan. Displey FHD+ rezolyusiyada bo‘lib 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma Kirin 9000 5G chipi, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator hamda  55 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega. 

Kameralar haqida so‘z borar ekan, smartfon 50MP asosiy kamera, 12MP telefoto kamera, 16MP ultrakeng kamera hamda 8MP periskop moduli bilan jihozlangan. Buklamafon Harmony OS 2 operatsion tizimida ishlaydi. 

O‘QING: Tecno kompaniyasi Samsung'ni masxara qilishga urindi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!