Naq 5000 mA/soatlik Redmi 8 ham taqdimotga tayyor!

Naq 5000 mA/soatlik Redmi 8 ham taqdimotga tayyor!

“Xitoycha Apple”ning intizorlik bilan kutilayotgan modeli – Redmi Note 8 borasida gap-so‘zlar juda ham ko‘payib ketdi. Kecha uning ishlab chiqarish jarayonini ko‘rsatishgan, undan avvalroq esa smartfonning qahva yonida suratga olib tarmoqqa joylashgandi. Shuningdek, smartfon dunyodagi ilk 64 megapiksellik smartfon bo‘lishi aytilgandi. Endi esa uning “ukasi” bo‘lmish Redmi 8 modeli TENAA’da ro‘yxatdan o‘tdi.

Опубликованы все характеристики Redmi 8: аккумулятор емкостью 5000 мА·ч, двойная камера и 4 ГБ ОЗУ

Sertifikatsiyadan o‘tkazuvchi servis smartfonning xususiyatlarini ham e’lon qildi. Ma’lumotlardan modelning kodli nomi Redmi M1908C3IC ekanligini ko‘rish mumkin. Model aniqligi 1520 x 720 piksel bo‘lgan 6,21 dyumli ekranga 8 MP selfi-kameraga va 12 va 8 MP datchiklarga ega asosiy kamera moduliga ega bo‘lgan. Protsesor chastotasi 2,0 GGs, akkumulyator sig‘imi esa 5000 mA/soatni tashkil qiladi.

Опубликованы все характеристики Redmi 8: аккумулятор емкостью 5000 мА·ч, двойная камера и 4 ГБ ОЗУ

Odatdagidek smartfon 2, 3 va 4 GB operativ, 16, 32 va 64 GB doimiy xotiraga ega  bir necha talqinda ishlab chiqariladi. Smartfon Android 9.0 Pie operatsion tizimida ishlaydi. Modelning o‘lchamlari esa 156,3 x 75,4 x 9,4 mm ni tashkil qiladi, og‘irligi 190 gramm.  

Опубликованы все характеристики Redmi 8: аккумулятор емкостью 5000 мА·ч, двойная камера и 4 ГБ ОЗУ

Redmi M1908C3IC Xitoyda to‘liq sertifikatsiyadan o‘tganini hisobga olsak, smartfonning rasmiy namoyishi keyingi haftadayoq bo‘lib o‘tishini taxmin qilish mumkin. Shuningdek, ushbu smartfon Redmi 8A bo‘lishi ham mumkin. Agar shunday bo‘lsa bu kompaniya tomonidan tashlangan dadil qadam deyish mumkin. Zero, ushbu turkumdagi modellar xususiyatlari bo‘yicha doim orqada bo‘lib kelgan.

O‘QING: Bugun MIUI'ning tug‘ilgan kuni! U necha yoshga to‘ldi?!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!