Naq yettita kamerali smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1071
  •  10.10.2018 15:34

Naq yettita kamerali smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Ishlab chiqaruvchilar smartfonlarning kameralarini ko‘p modulli qilish borasida ham poyga boshlashdi, shekilli. Apple boshlab bergan bu tendensiya rivojlanib, Huawei tez orada asosiy kamerasi uchta modulli telefonini taqdim etadi.

O‘QING: Eng «serkamera» Nokia flagmani yana bir jihatdan rekord o‘rnatyapti!

Ushbu poygadan LG kompaniyasi ham chetda qolishni istamayapti – u AQSh Patentlar va savdo belgilari idorasiga yangi smartfoniga patent olish uchun ariza topshirdi. Arizada aks ettirilgan chizmalarga ko‘ra, mazkur qurilma jami yettita kamera moduliga ega!

Smartfonning orqa panelidagi asosiy kamerasi doirasimon blok ichida kvadrat (xuddi Huawei Mate 20 modellaridagi kabi) shaklda joylashgan to‘rtta datchikni o‘z ichiga olgan. Undan pastroqda esa kichikroq doirasimon shaklli daktiloskopik sensor o‘rnatilgan. Korpusning orqa paneli qabariq, yon qirralar ham tekis emas – o‘rtasi biroz bo‘rtiq.

Qurilmaning displeyi romsiz bo‘lib, selfi-kameraning uchta moduli uchun uning tepa qismida alohida uchta tirqish ochilgan.

Aytish kerakki, LG kompaniyasi oktyabrning boshida beshta kamerali V40 ThinQ flagmanini namoyish etgandi.

O‘QING: Besh kamerali LG V40 ThinQ taqdim etildi: 900 dollarlik mustahkam smartfon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!