Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!

  •   DiMaX
  •  2801
  •  28.05.2020 11:12

Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!

Kolumbiyalik taniqli narkobaron Pablo Eskobarning tug‘ishgan akasi Escobar Fold 1 deb nomlangan eng arzon – bor-yo‘g‘i 349 dollarlik buklamafon taqdim etgan. Shu bilan birga, u Apple korporatsiyasini yakson qilishga ham so‘z bergan!

O‘QING: Kokain mojarosi: Samsung va boshqalar atigi 349 dollarlik buklamafondan nega qo‘rqyapti?

Roberto Eskobar navbatdagi bayonoti bilan chiqdi Apple’ni sudga berib, 2,6 milliard dollarlik kompensatsiya talab qilyapti. Da’vo arizasida aytishicha, u 2018 yilning aprelida iPhone X xarid qilgan, o‘shanda Apple xodimi uni «Bu – bozordagi eng xavfsiz smartfon», deya ishontirgan. Shunga qaramasdan, yovuz niyatli kishilar uning smartfondagi shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan, uning qayerda yashashi haqidagi axborotni olishga erishgan emish.

Marhum narkobaronning akasi shundan so‘ng tahdidli xat olgan va boshqa joyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, u o‘z oilasi xavfsizligini kuchaytirish uchun ulkan miqdorja mablag‘ sarflagan. Roberto Eskobar shularni va ma’naviy zararni ham hisoblab, sud orqali Apple’dan 2,6 milliard dollarlik kompensatsiya talab qilgan.

Eskobarning qo‘shimcha qilishicha, tahdidli xat olganidan so‘ng u maxsus tekshiruv o‘tkazgan va o‘zining ayfoni himoyasi FaceTime’dagi zaiflik orqali buzilganligini aniqlagan.

O‘QING: Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

Roberto bu bilan ham to‘xtab qolmagan – u tilla suvi yuritilgan, 256 gigabaytlik iPhone 11 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Unga qarashli Escobar Inc. kompaniyasi mzkur ayfonlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqargan va... atigi 499 dollardan sotyapti!

Apple’ga qarshi urush ochgan Roberto Eskobar maxsus www.ripapple.com domen nomiini sotib olib, ishga tushirgan. U esa https://escobarinc.com/product/gold11/ sahifasiga yo‘llaydi – tilla ayfonlarni u yerda «ESCOBAR GOLD 11 PRO» nomi ostida arzon sotishyapti.

Roberto Eskobarning so‘zlariga ko‘ra, bu – uning Apple bilan kurashish usulidir. Lekin qimmat smartfonni sotib olib, tilla bilan qoplab, yana arzon sotish bilan qanday foyda ko‘rish mumkinligini biz ham bila olmadik.

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!