Narkotiklar reklamasiga qarshi Telegram-bot yaratildi

  •   DiMaX
  •  319
  •  05.04.2021 14:04

Narkotiklar reklamasiga qarshi Telegram-bot yaratildi

AOKA va IIV Axborot xizmati hamkorlikda narkotik moddalari reklamasi joylashtirilgan manzil haqida xabar qabul qiluvchi  t.me/stopnarko_bot Telegram-botini ishga tushirdi. Bu to‘g‘rida Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Apple Store’ga salkam bir kilogramm narkotik modda yetkazib berishdi!

Endi fuqarolar reklama joylashgan manzil haqidagi ma’lumot yoki uning lokatsiyasini Telegram messenjeri orqali @stopnarko_bot botiga yo‘llashlari mumkin.

Ushbu bot orqali holatdan ichki ishlar organlari xabardor qilinadi va reklama o‘chiriladi.

Eslatib o‘tamiz, biz avvalroq smartfon g‘ilofida giyohvandlik moddasi saqlagan yurtdoshimiz qo‘lgan olingani haqida xabar bergan edik.

O‘QING: Narkobaronning akasi Apple’ni sudga berib, o‘zi atigi 499 dollardan tilla iPhone 11 Pro sotyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!