Narxi 100 dollarga bormaydigan Poco smartfoni taqdim etildi

Narxi 100 dollarga bormaydigan Poco smartfoni taqdim etildi

Poco C50 smartfoni bugun rasman Hindistonda taqdim etildi. Qurilma ko‘k va yashil ranglarda 10 yanvar sanasida sotuvga chiqadi. Redmi A1+ kabi ushbu modelga ham 60 gertsda ishlovchi 720x1600p sifatidagi 6.52 dyuymli IPS LCD displeyi bilan jihozlangan. 

Qurilma Android 12 Go Edition tizimida ishlaydi. Unga 12 nanometrli MediaTek Helio A22 chipi o‘rnatilgan. Tezkor xotira 2/3GB, doimiy xotira esa 32GB ni tashkil etadi. Doimiy xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

Poco C50 modeliga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilganligi sabab, uning quvvati uzoq muddatga yetadi. Akkumulyatorni 10 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. 

Orqa panelda 8MP asosiy hamda 0.8MP sath kamera joylashgan. Barmoq izi skaneri ham orqa paneldan o‘rin olgan. Old panelda 5MP selfi kamera joylashgan. 

Smartfon orqa paneli xuddi charm bilan qoplanganga o‘xshaydi. Maxsus qoplam sabab u suv sachrashiga chidamli hisoblanadi. 

Qurilmaning narxi quyidagicha:

2/32GB - taxminan 79 dollar

3/32GB - taxminan 88 dollar.

Birinchi savdoda smartfonni bundan ham arzonga sotib olish mumkin.

O‘QING: Rekord yangilanadi: Realme GT Neo5 eng tez quvvatlanadigan smartfonga aylanishi kutilmoqda 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.