Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

  •   DiMaX
  •  16373
  •  13.10.2020 10:40

Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

Norvegiyaning rasmiy regulyatori – Nemko AS veb-saytida yaqinda Samsung kompaniyasining SM-A025F/DS, SM-A025F, SM-M025F/DS, SM-A025M/DS va SM-A025M raqamli smartfonlari ro‘yxatga olingan. Manbalarga ko‘ra, bular – tez orada Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 modellari sifatida bozorga chiquvchi qurilmalardir.

O‘QING: «Beli baquvvat» hamyonbop smartfon – Galaxy M31 Prime ham rasman namoyish qilindi

Saytda bitta sahifaning o‘zida joylanganiga qaraganda, Samsung Galaxy A02 va Galaxy M02 – bitta smartfonning turli hududlarga mo‘ljallangan nomlari bo‘lyapti.

Ayni shu Samsung Galaxy A02 smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida tekshirib ko‘rilgan. Uning ma’lumotlar bazasida aks etishicha, bu model 2/32 gigabaytlik xotiraga va noma’lum Qualcomm protsessoriga ega:

Hali tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, bu gadjet 5,7 dyuymlik, HD+ displeyga, Snapdragon 450 chipsetiga va 3500 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Uning qo‘shaloq kamerasida asosiy datchik 13 megapiksellik, selfi uchun ajratilgan sensor esa 8 megapiksellik aniqlikda.

O‘QING: Samsung hamyonbop va xit smartfonini kuchaytirilgan versiyada chiqardi

Bulardan tashqari, Galaxy A02 smartfoni allaqachon Wi-Fi Alliance sertifikatini olganiga qaraganda, uning taqdimoti yaqin:

Samsung Galaxy A02 (ayrim bozorlarda – Galaxy M02) modeli 130 dollargacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O‘QING: Nihoyat, Samsung eng arzon 5G-smartfonining barcha jihatlarini oshkor etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.