Narxi naq 6750 dollargacha boruvchi Galaxy S21 Carbon smartfonlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  1037
  •  15.06.2021 17:36

Narxi naq 6750 dollargacha boruvchi Galaxy S21 Carbon smartfonlari chiqdi

Rossiyaning lyuks mahsulotlarga ixtisoslashgan Caviar brendi hali Apple rasman e’lon qilib ham ulgurmagan iPhone 13 Pro hamda 13 Pro Max modellarining premial versiyalari uchun oldindan buyurtma ochganidan xabaringiz bor. Mazkur kompaniya endi Samsung Galaxy S21 Carbon turkumidagi telefonlarni taqdim etdi.

O‘QING: 1 kg oltinga ega iPhone 12 Pro va Galaxy S21 Ultra'lar chiqdi!

Caviar ushbu turkumda Galaxy S21, Galaxy S21+ hamda Galaxy S21 Ultra flagmanlarining eksklyuziv talqinlarini chiqargan. Ularning korpuslari titandan va avtomobil karbonidan ishlangan hamda o‘ziga xos dizaynga ega. Kompaniyaning ta’kidlashicha, orqa panelning «V» shaklidagi dizayni «qurilmaga erkaklik va dinamizm bag‘ishlagan».

Samsung Galaxy S21 Carbon turkumi vakillarining texnik xususiyatlari esa ushbu flagmanlarning originallaridan farq qilmaydi.

O‘ziga xos dizaynli Samsung Galaxy S21 narxi (128 gigabaytlik ichki xotirali varianti) 5520 dollardan boshlanadi. Ularning eng qimmati – 512 gigabaytlik Samsung Galaxy S21 Ultra esa 6750 dollar turadi.

O‘QING: Galaxy S22’lar haqidagi bu ma’lumotlar Samsung fanatlarini xursand qilmaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!