Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

  •   DiMaX
  •  3200
  •  21.04.2021 12:28

Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Huishoubao kompaniyasi mobil qurilmalarning o‘z narxini saqlab qolishiga ko‘ra reytinglarni muntazam tarzda e’lon qilib keladi. Uning o‘tgan galgi reytingida liderlik Huawei flagmanining maxsus versiyasi – Mate 40 RS Porsche Design modeliga nasib etgan edi.

O‘QING: Galaxy S21 vs iPhone 12: qaysi smartfonlar tezroq arzonlashmoqda?

Yaqinda yangilangan reytingda esa dastlabki ikkita o‘rinni Xiaomi vakillari band etdi. Mi 10 Extreme Commemorative Edition (global versiyada – Xiaomi Mi 10 Ultra) flagmanining 16/512 gigabaytlik variantining o‘z qiymatini saqlash indeksi 79,55 birlikni tashkil etgan. U bilan birga chiqqan Redmi K30 Extreme Commemorative Edition (global talqinda – Redmi K30 Ultra) smartfonining 8/256 gigabaytligida esa narx saqlanish indeksi 76,79 birlikka teng.

Apple korporatsiyasining 2019 yilgi flagmani – iPhone 11 Pro Max esa 72,22 ball bilan kuchli uchlikni yakunlagan:

Huishoubao reytingida to‘rtinchidan sakkizinchigacha bo‘lgan o‘rinlarni tegishlicha Honor 30 Pro+, Huawei P40 Pro+, vivo X50 Pro+, Samsung Galaxy Note 20 Ultra hamda Samsung Galaxy S20 Ultra smartfonlari egallagan.

Agarda yaxshi smartfon ishlatishni va yangisi chiqqanida yana almashtirib olishni xush ko‘rsangiz, oldingisini yaxshi narxda sota olishingiz uchun mana shu flagmanlarga e’tibor qaratganingiz ma’qul.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!