Narxi uy bilan barobar kompyuter yangicha korpusda, yanada qimmatlashib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  2969
  •  16.01.2020 10:33

Narxi uy bilan barobar kompyuter yangicha korpusda, yanada qimmatlashib chiqdi!

O‘tgan yilning 3 iyunida Apple yangi avlod Mac Pro statsionar kompyuterini taqdim etgan edi. Tashqi ko‘rinishi sababli ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab masxaralarga sababchi bo‘lgan ushbu qurilma dekabrda savdoga qo‘yilgan, lekin...

O‘QING: Bitta uy narxida kompyuter sotuvga chiqdi, olasizmi?

Salkam 53 ming dollarlik kompyuter Apple uchun arzon tuyuldimi, ishqilib, uni endi korpusi o‘zgartirilgan variantda ham chiqardi va unisi yanada qimmat!

Yangilangan Mac Pro modelining asosiy o‘ziga xosligi – kompyuterni turgan joyida montaj qilishga imkon beruvchi korpusidir. Boshqa jihatlari – texnik xususiyatlari, konfiguratsiyasi bo‘yicha avvalgisi bilan bir xil. Faqat qulaylashtirilgan yangicha korpusli kompyuter uchun qo‘shimcha yana 500 dollar to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.

Saytimizdagi mushtday ham chiqmaydigan kompyuter, vizitkaga joylangan mikrokompyuter, «Oxirzamon kompyuteri» va «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi xabarlar ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Kompyuter va smartfonlar 2020 yilda qimmatlaydi, sababi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!