Narzo 10A hamda Narzo 10 chiqdi – ulkan akkumulyatorli arzon smartfonlar!

  •   DiMaX
  •  2817
  •  11.05.2020 14:13

Narzo 10A hamda Narzo 10 chiqdi – ulkan akkumulyatorli arzon smartfonlar!

Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi yangi – Narzo turkumida smartfonlar tayyorlagani haqida avvalroq yozgan edik. Keyinroq esa ularning nomi va taqdimot kuni ham rasman e’lon qilingan, lekin...

O‘QING: Realme yangi turkumdagi arzon smartfonlar taqdimotini bekor qildi

Kompaniya nihoyat Narzo 10 hamda Narzo 10A smartfonlarini Hindistonda rasman namoyish qildi. Lekin ishlab chiqaruvchining o‘zi uchun bular mutlaqo yangi modellar emas ekan.

Gap shundaki, Narzo 10 shu yilning mart oyida namoyish qilingan «to‘rtko‘z» smartfon – Realme 6i modelining Hindiston bozoriga mo‘ljallab rebrending qilingan versiyasi bo‘lib chiqdi.

Qisqacha aytganda, Narzo 10 modeli o‘yinbop MediaTek Helio G80 protsessoriga, diagonaliga 6,5 dyuymlik HD+ displeyga, 4/128 GB xotiraga hamda 48 MPlik kvadrokameraga ega. Smartfonning 5000 mA/soatlik batareyasi 18 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlanadi. Hindistonda Narzo 10 uchun 160 dollarga teng narx belgilangan, uning texnik xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotni esa (Realme 6i misolida) ushbu xabarimizdan olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Narzo 10A ham butkul yangi rusumdagi qurilma emas, balki avvalroq chiqqan Realme C3 arzon smartfonining Hindistonga mo‘ljallangan nusxasi ekan. Bittagina farqi – yangi nomdagi devaysga barmoq izi skaneri ham qo‘shilgan.

Uning ekrani ham Narzo 10 modelidagi bilan bir xil, lekin «elektron yuragi» salgina zaifroq – MediaTek Helio G70 protsessoridir. Tezkor/ichki xotirasining hajmi esa tegishlicha 3/32 gigabaytga teng.

Narzo 10A bosh kamerasi uchtalik: 12 + 2 + 2 megapiksellik datchiklardan iborat. Realme C3 o‘z vatanida atigi 100 dollarga baholangan bo‘lsa, Hindistonda uning daktiloskopli varianti bo‘lgan Narzo 10A uchun 112 dollar so‘rashyapti. Kompaniya bu modelning ham 5000 mA/soatlik akkumulyatoriga e’tiborni qaratyapti.

Qolgan jihatlari – har ikkala yangi smartfon Realme UI grafik qobig‘iga hamda uchtalik (ikkita SIM-karta va bitta microSD uchun) slotga ega.

O‘QING: Eng arzon 5G-flagman endi Realme X50m emas – Redmi K30 5G narxi naq 55 dollarga pasaydi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!