Narzo smartfonlari – Redmi va Pocophone’larning yangi kushandasi!

  •   DiMaX
  •  1159
  •  19.03.2020 10:24

Narzo smartfonlari – Redmi va Pocophone’larning yangi kushandasi!

Narzo smartfonlari – Redmi va Pocophone’larning yangi kushandasi!

Oppo korporatsiyaga qarashli Realme kompaniyasi kuni kecha Realme 6i rusumli yangi smartfonini namoyish qilgan edi. Ushbu model «beli baquvvat», 48 MP kameralik «to‘rtko‘z» smartfon bo‘lsa-da, 180 dollarga baholangan.

O‘QING: Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi!

 Realme endi Narzo nomli qanaqadir yangi mahsuloti reklamasi bilan jamoatchilik e’tiborini jalb eta boshladi. Ishonchli manbalariga tayanib 91mobiles nashrining yozishicha, Realme Narzo – tez orada Hindistonda taqdim etiladigan yangi smartfonlar turkumidir.

Realme kompaniyasi Narzo seriyasidagi smartfonlari yordamida Xiaomi korporatsiyasining Redmi hamda Poco (POCOPHONE) kabi arzonchi brendlariga qarshi raqobatni kuchaytiradi. Hozircha ma’lum bo‘lgani shuki, Realme Narzo turkumi yoshlarga mo‘ljallangan gadjetlar bo‘ladi.

Hozircha texnik xususiyatlari aniq bo‘lmasa-da, manbaning ta’kidlashicha, Realme boshlanishiga biryo‘la ikkita Narzo smartfoni taqdim etadi. Biroq ularning namoyish sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: Yana bitta ommabop Redmi smartfoni tom ma’noda portlab ketdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!