NASA Marsni bosqichma-bosqich egallash rejasini tuzdi

  •   DiMaX
  •  1122
  •  01.05.2017 15:26

NASA Marsni bosqichma-bosqich egallash rejasini tuzdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yilning 21 martida imzolagan farmonga ko‘ra, NASA 2033 yilgacha Marsga odam uchirishi lozim.

Keyinroq fazoviy agentlik qizil sayyora sari amalga oshirilajak besh bosqichdan iborat missiyaning batafsil dokladini e’lon qildi. Uning mazmunini Futurist nashri quyidagicha keltiradi:

0-bosqich Xalqaro fazoviy stansiyadan sinov platformasi sifatida foydalanishni nazarda tutadi. Agentlik bu bosqich doirasida SpaceX, Boeing, Orbital ATK va shu kabi boshqa kompaniyalarni tijoriy hamkorlar sifatida jalb etishni ham ko‘zlagan. Dastur hozir ayni shu bosqichda.

1-bosqich 2018–2025 yillarda oltita SLS raketasining fazoga parvozini o‘z ichiga oladi. Shulardan biri Yupiterga fazoviy zond yuborishga mo‘ljallangan Europa Clipper missiyasi uchun boshlanish vazifasini o‘taydi. Qolgan parvozlar doirasida Oy orbitasiga yangi fazo stansiyasi – Deep Space Gateway (DSG)’ning detallari yetkaziladi.

2-bosqich doirasida 2027 yilda Oy orbital fazo stansiyasi quriladi hamda Deep Space Transport (DST) fazoviy transport qurilmasi uchiriladi. 2028-2029 yillarda to‘rt nafar astronavt 400 kun mobaynida stansiyada bo‘ladi va uning barcha tizimlarini tekshirishadi.

3-bosqich 2030 yilda boshlanadi, unda ikkita SLS parvozi ko‘zda tutilgan. Bu parvozlar stansiyaga oziq-ovqatlarni va Marsga uchuvchi ekipajni yetkazadi.

4-bosqich 2033 yildan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan. U infratuzilmalarni, jihozlarni va oziq-ovqatlarni Marsga yetkazib berish bo‘yicha «robotlashtirilgan missiyalarni ishlab chiqish va tayyorlash»ni, shuningdek, «Marsga ilk boshqariluvchi parvozlarni amalga oshirish»ni o‘z ichiga oladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!