NASA sizga ham fazoga virtual parvoz qilish imkonini berdi!

  •   DiMaX
  •  2824
  •  14.11.2019 17:32

NASA sizga ham fazoga virtual parvoz qilish imkonini berdi!

AQShning Aeronavtika va kosmik makonni o‘rganish milliy boshqarmasi – NASA nafaqat fazogirlarni uchirish bilan, balki ayrim zaminiy ishlar bilan ham shug‘ullanadi. Jumladan, uning yangi – Rocket Science: Ride 2 Station ilovasi bilan hatto siz ham o‘zingizni kosmonavt his etishingiz mumkin.

O‘QING: O‘zga sayyoraliklar chindan bormi? Jumanazar akaga ishonish uchun 10 sabab

Rocket Science: Ride 2 Station dasturi xohlovchilarga virtual tarzda astronavtlar jamoasi a’zosi bo‘lish imkonini taqdim etadi. Mazkur ilova yordamida siz virtual fazoviy kemangizni Xalqaro kosmik stansiya bilan mustaqil tarzda tutashtira olasiz.

Dastur yordamida kosmik kema turini, ekipajni, uchish sanasini, Xalqaro kosmik stansiya bilan tutashuv variantini hamda missiya turini tanlash mumkin. Bu ishlanmadan ko‘zda tutilgan maqsad parvoz simulyasiyasining realistik chiqishi emas, balki kosmik texnologiyalarga qiziquvchchilarga vizual ma’lumotlar berishdir. Virtual tutashtirishning mustaqil bajariladigan rejimi ham bor, u foydalanuvchidan o‘ta diqqatli bo‘lishni talab etadi.

Rocket Science: Ride 2 Station ilovasining o‘ziga kiritilgan ensiklopediya esa ekipaj, fazogirlarning tarjimai hollari hamda bugungi kundagi kosmik kemalar modellari haqida turli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. O‘yin va interaktiv ma’lumotnomani o‘zida jamlagan ushbu dasturni iOS-qurilmalarga ushbu havola orqali AppStore’dan o‘rnatib olish mumkin. Boshqalar esa kompyuter (yoki noutbuk) brauzerida mana bu havola yordamida uning veb-versiyasiga o‘ta oladilar.

O‘QING:  UChRAShIB QOLSAK: o‘zga sayyoraliklar bizni tushunmasa, biz ularni tushunmasak..?