Navbatdagi arzon smartfon – Redmi 9 birinchi «jonli» suratlarda

  •   DiMaX
  •  1744
  •  30.03.2020 10:02

Navbatdagi arzon smartfon – Redmi 9 birinchi «jonli» suratlarda

Joriy yilda Xiaomi kompaniyasi o‘zining arzonchi brendi nomidan bir nechta smartfonlar namoyish etib ulgurdi. Lekin ularning eng arzoni – Redmi 9 hamda Redmi 9a taqdimoti hali oldinda.

O‘QING: Redmi 9, Redmi Note 9 va Note 9 Pro taqdimoti oldidan Redmi K30 5G arzonlashdi!

Xiaomishka nikli taniqli tarmoq informatori Redmi 9 modelining birinchi «jonli» rasmlarini e’lon qildi. Ulardan birinchisida smartfon himoya g‘ilofida, yana korpusining qirralari ham xiralashtirilgan holda, lekin kamerasi aniq ko‘rsatilgan:

Guvohi bo‘lganingizdek, kamera dizayni o‘tgan yilgi Redmi Note 8 Pro modeliga o‘xshab ketadi: bosh kameraning uchta moduli barmoq izi datchigi bilan bir qator qilib tikkasiga joylangan, ulardan o‘ngda esa to‘rtinchi sensor bilan fotochaqnoq o‘rin olgan.

O‘QING: Taqqos: Xiaomi Mi 9T vs Xiaomi Redmi Note 8 Pro

Navbatdagi rasmda esa Redmi 9 g‘ilofsiz holatda aks etgan, lekin bunisida ham korpus perimetrini ataylab xiralashtirishgan. Bunisida uning Redmi Note 8 Pro smartfonidan dizayn bo‘yicha farqi – kamera modullarining doiraga olinganligini ko‘ramiz:

Ma’lumotlarga ko‘ra, kodli nomi Merlin bo‘lgan ushbu qurilmaning bosh kamerasi 13, 8, 5 va 2 megapiksellik datchiklardan iborat.

O‘QING: Xiaomi Mi 10 Lite – kvadrokamerali hamyonbop 5G-flagman namoyish etildi!

Redmi 9 smartfoniga o‘yinbop arzon smartfonlar uchun ishlab chiqilgan MediaTek Helio G80 protsessori o‘rnatilishi aytilmoqda. Ushbu chipsetni ilk bor Redmi’ning asosiy raqibi – Oppo korporatsiyaning Realme brendi o‘zining Realme 6i modelida qo‘llagan.

Keyingi rasm esa «jonli» olingan emas, balki shu paytgacha chiqqan ma’lumotlar asosida kompyuterda tayyorlangan render suratdir, biroq unda Redmi 9 bor bo‘yi bilan ko‘ringan:

Xiaomi ushbu arzon smartfonini Android 10 operatsion tizim bazasida tayyorlangan MIUI 11 grafik qobig‘i bilan chiqaradi. Lekin, afsuski, hozircha uning taqdimot sanasi va boshqa xususiyatlari noma’lum.

O‘QING: To‘rtta modeldagi Xiaomi va Redmi smartfonlari egalariga noxush xabar bor

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!