Navbatdagi Galaxy A bilan tanishish fursati keldi!

Navbatdagi Galaxy A bilan tanishish fursati keldi!

Samsung 2020-yilgi Galaxy A seriya smartfonlariga Galaxy A11'dan A91'gacha nom berdi. Ushbu oilaning quyiroq toifa vakili bo‘lgan Galaxy A21 smartfonining dizayni esa himoya g‘ilofi renderlari paydo bo‘lishi bilan oshkor bo‘ldi.Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, qurilma selfilar uchun tomchi kameraga ega bo‘ladi (kamera yonidagi datchik esa yoki yaqinlik sensori, yoki atrof yorug‘ligi sensoridan biri bo‘lishi kerak). Aftidan, aylana tirqishli kameralar ushbu oilaning faqat premiumroq modellari, jumladan, o‘tgan hafta taqdim qilingan Galaxy A51 va A71'largagina, o‘rnatiladi.Nima bo‘lgan taqdirda ham, A21'da uchta orqa kamera bo‘ladi. Agar bu linzalarning vazifasi Galaxy A20s'niki bilan bir xil bo‘lsa, demak, ular keng, o‘ta keng burchakli va sath kameralari bo‘lishi kerak. Orqa panelga yana barmoq izi skaneri joylangan.

O‘QING: Samsung kutilmaganda o‘ta g‘alati – 8/128 GB xotirali hamyonbop smartfon taqdim etdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.