Navbatdagi Galaxy Android 10'ga o‘tdi

Navbatdagi Galaxy Android 10'ga o‘tdi

O‘tgan yilgi Galaxy A30 va 50s smartfonlari foydalanuvchilari allaqachon Android 10 «ta’midan bahramand bo‘l»ayotgan bir paytda Galaxy A70'ga ham yangilanish kela boshladi. 

Samsung ushbu qurilmadan foydalanayotgan ukrainalik mijozlariga One UI 2.0 proshivkasini jo‘natishga kirishdi. Har galgidek, kelasi bir necha kun va hafta ichida boshqa mamlakatlardagi foydalanuvchilarga ham tizim yangilanishi keladi.

Yangilanish hajmi 2.06GB bo‘lib, uni o‘rnatishingiz bilan qurilmangiz Android 10 asosidagi One UI 2.0 qobig‘ida ishlay boshlaydi. Smartfonning xavfsizlik darajasi ham fevral oyigacha ko‘tariladi. Samsung'dagilarning rejasi bo‘yicha, aslida, ushbu yangilanish aprelda kelishi kerak edi, biroq ushbu rejaning amalga oshirilmagani faqat «plus». Ehtimolki, tizim yangilanishi butun dunyodagi barcha mijozlarga yetib borgunicha aprel ham kelib qolar. 

Bularning hammasini vaqt ko‘rsatadi, biz esa sizga tafsilotlarni taqdim etib boramiz.

O‘QING: Samsung Galaxy A71 va A51 haqida yaxshi yangilik bor!