Navbatdagi Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kela boshladi

Navbatdagi Galaxy smartfoniga dastur yangilanishi kela boshladi

Oxirgi ikki haftadan buyon Samsung bir necha, jumladan, Galaxy S10, Galaxy S20, Galaxy S21, Galaxy Note 10, Galaxy Note 20 va Galaxy S20 FE 2021, smartfonlariga 2021 yil iyul yangilanishini jo‘natib kelmoqda. Yuqoridagi modellar qatoriga endi Galaxy S10 Lite ham qo‘shildi.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE'ning texnik jihatlari rasman tasdiqlandi

Samsung Ispaniyadagi Galaxy S10 Lite foydalanuvchilariga yangi tizim yangilanishini jo‘nata boshladi. G770FXXS4EUF6 versiyali yangilanish 2021 yil iyul oyi xavfsizlik patchiga ham ega. Apdeytdagi o‘zgarishlar qaydnomasiga ko‘ra, eng so‘nggi xavfsizlik patchi smartfonning 20 ga yaqin, xususan, Bluetooth bilan bog‘liq zaifligini bartaraf etadi. Shuningdek, bir qator foydalanuvchilarda kuzatilayotgan Android Auto bagi ham to‘g‘rilangan.

Agar siz ham hozir Ispaniyada bo‘lsangiz, Parametrlar » Dastur yangilanishi oynasiga o‘tib, OTA apdeytni yuklab oling. Bundan tashqari, mana bu havola orqali yangilanishni qo‘lda o‘rnatishingiz ham mumkin. Boshqa mamlaktlardagi foydalanuvchilar ham bir necha kun ichida yangilanishni qabul qilishni boshlashlari kerak.

Ma’lumot uchun, Galaxy S10 Lite o‘tgan yili taqdim qilingan bo‘lib, qadoqdan Android 10 tizimida ishlagan. Qurilma bu yil Android 11'ga o‘tdi va yana ikkita asosiy Android dastur yangilanishini qabul qiladi.

O‘QING: Byudjet sinfiga kiruvchi Galaxy smartfoni Android 11 operatsion tizimiga o‘tmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!