Navbatdagi Galaxy smartfoniga One UI 5 tarqatilmoqda

Navbatdagi Galaxy smartfoniga One UI 5 tarqatilmoqda

Samsung o'zining Galaxy smartfonlari uchun One UI 5 yangilanishini Yevropa mamlakatlarida tarqatishni boshladi. Kompaniya nafaqat flagmanlar, balki o'rta sinf smartfonlariga ham Android 13'ga asoslangan yangilanishni yubormoqda va bular qatorda Galaxy A53 eng birinchilardan bo'ldi. Navbatda Galaxy A33 uchun yo'l ochilgani ma'lum bo'ldi.

SamMobile bergan ma'lumotlarga ko'ra, Galaxy A33 5G smartfoni Yevropa mamlakatlarida proshivka versiyasi A336BXXU4BVJG bo'lgan 2GB hajmdagi One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshlagan va albatta, u oktabr oyi xavfsizlik yangilanishi bilan keladi.

O'QING: One UI 5 grafik qobig‘ida qanday yangiliklar bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.