Navbatdagi Galaxy Watch: harbiy himoya, mexanik gardish, EKG va qon bosimi datchigi...

  •   DiMaX
  •  728
  •  02.06.2020 10:12

Navbatdagi Galaxy Watch: harbiy himoya, mexanik gardish, EKG va qon bosimi datchigi...

Samsung kompaniyasi o‘zining 2019 yilgi smart-soatlaridan mexanik bezel – gardishni olib tashlagan edi. SamMobile nashriga ko‘ra, janubiy koreyalik gigant navbatdagi Galaxy Watch’da uni qaytaradi.

O‘QING: Samsung Uzbekistan xaridorlarni laqillatyapti...mi?!

Kompaniyaning kutilayotgan aqlli soati allaqachon FCC tashkilotida sertifikatsiyadan o‘tgan. uning m’lumotlar bazasida qayd etilishicha, 2020 yilgi Galaxy Watch doirasimon displey, 45 millimetrlik korpusga ega. Devays MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra zarbadan, 5ATM standartiga ko‘ra suvdan himoyalangan.

Soatning ekrani AMOLED-matritsali bo‘lib, ustiga Gorilla Glass DX himoya shishasi yotqizilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung uni 8 gigabaytlik ichki xotira, 330 mA/soatlik akkumulyator, Wi-Fi, Bluetooth hamda NFC modullari bilan ta’minlagan. Yana soatning to‘rtinchi avlod – LTE uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan versiyasi ham chiqadi.

O‘QING: Tonometrning keragi yo‘q – qon bosimingizni smart-soat kuzatib boradi! (+video)

XDA-developers resursining yozishicha, navbatdagi Galaxy Watch yana ikkita yangi sensor – EKG hamda qon bosimini o‘lchash sensoriga ham ega. Aytish kerakki, 2019 yilgi Samsung aqlli soatida ham EKG moduli mavjud, ammo Samsung bu datchikni yaqindagina faollashtirdi.

Janubiy koreyalik gigant mazkur qurilmasini avgustda, Galaxy Note 20 fabletlari bilan birga namoyish etishi mumkin.

O‘QING: Realme ilk smart-soatini chiqardi: narx va jihatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!