Navbatdagi hamyonbop – Galaxy A35 (yoki Galaxy A30e) smartfoni rekord darajali akkumulyatorga ega!

  •   DiMaX
  •  5479
  •  17.04.2019 08:52

Navbatdagi hamyonbop – Galaxy A35 (yoki Galaxy A30e) smartfoni rekord darajali akkumulyatorga ega!

Samsung kompaniyasi hamyonbop Galaxy A turkumida yana kamida bitta modelni taqdim etadigan ko‘rinadi. Ammo ushbu seriyadagi barcha «o‘nlik raqamli» nomlar qatori allaqachon to‘lib bo‘lgan.

O‘QING: Galaxy A20e – hamyonbop turkumning eng ixcham, lekin «beli baquvvat» vakili!

TENAA regulyatori bazasida Samsung’ning yangi qurilmalari ro‘yxatdan o‘tdi: SM-A3050 hamda SM-A3058. Aftidan, bular – bitta modelning ikkita versiyasi bo‘lishi kerak, ammo ular negadir ularning qalinligi har xil. Bitta versiyaning o‘lchamlari 158,4x74,9x7,4 millimetrga, yana biriniki esa 159x75,1x8,4 millimetrga teng. Qizig‘i – ularning vazni bir xil, ya’ni 174 grammni tashkil etadi.

Kuzatuvchilarning fikricha, yangi smartfon Galaxy A35 yoki Galaxy A30e deb nomlanishi mumkin, balki ikkita versiya deyotganimiz shu nomlardagi alohida-alohida ikkita model sifatida bozorga taqdim etilar.

O‘QING: O‘ta arzon Galaxy A2 Core taqdim etildi: Redmi Go’ning asosiy raqibi!

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu smartfonning 6,4 dyuymlik AMOLED-displeyi HD+ formatida. Uning «elektron yuragi» sifatida esa 1,8 GGs chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli noma’lum protsessor ko‘rsatilgan.

Qurilmaning tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 64 yoxud 128 gigabaytlik bo‘ladi. Ushbu modelning bosh kamerasi uch modulli – 13 + 5 + 5 megapiksellik, old kamerasi esa 16 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga oladi.

Lekin eng qiziqarlisi – mazkur hamyonbop smartfonning «beli baquvvat». TENAA ma’lumotlariga ko‘ra, uning akkumulyatori 4900 mA/soatlik tok sig‘imiga ega, lekin rasmiy spetsifikatsiyalarda u 5000 mA/soatlik deb ko‘rsatilsa kerak. AMOLED matritsali va tasvir aniqligi o‘rtacha displeyga ega ekanini hisobga olsak, Galaxy A35 (yoki Galaxy A30e) smartfoni o‘ta yuqori darajada avtonomlikka ega bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!