Navbatdagi hamyonbop Samsung bestsellerining ilk rasmiy surati chiqdi

  •   DiMaX
  •  2524
  •  05.12.2019 09:58

Navbatdagi hamyonbop Samsung bestsellerining ilk rasmiy surati chiqdi

Samsung mana shu oyning o‘zidayoq uchta smartfonini Hindistonda rasman taqdim etadi. Manbalarga ko‘ra, bular – Galaxy S10 Lite, Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy A51 modellaridir.

O‘QING: Samsung uchta arzonlashtirilgan smartfonini ertaroq chiqaryapti

Shulardan eng arzoni – Samsung Galaxy A51 smartfoni ham, o‘zining «ajdod»i – Galaxy A50 modeli (sotib olish) kabi bestseller bo‘lishi kutilmoqda. PhoneArena nashri uning birinchi rasmiy suratini e’lon qildi:

Ko‘rib turganingizdek, ekranning atrofini birmuncha enli rom o‘rab turibdi, ammo Samsung bu smartfonida selfi-kamera uchun displeydagi tirqishni minimum darajagacha kichraytirgani e’tiborga loyiq.

O‘QING: DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

Hozirgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Galaxy A51 diagonaliga 6,5 dyuymlik ekranga hamda asosiy moduli 48 megapiksellik bosh kameraga ega. Qurilmaning «elektron yuragi» esa Samsung’ning o‘zi ishlab chiqqan Exynos 9611 protsessoridir.

Samsung bu gadjetini 12 dekabrda rasman namoyish etishi aytilayotir. Kompaniya allaqachon sotuvga chiqargan aksariyat telefonlarni esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Galaxy A11, A31 va 41'lar 64GB lik bazaviy xotiraga ega bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!