Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

  •   DiMaX
  •  1192
  •  04.12.2018 12:03

Navbatdagi iPhone va iPad’lar muhim texnologiyani Galaxy S10’dan o‘zlashtiradi

Kupertinolik korporatsiyaning keyingi avlod smartfonlari hali 2019 yilning kuzida taqdim etiladi. Ammo hozirdanoq ularning ayrim xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.

O‘QING: Kelajakda iPhone’lar ham teshikli ekranga ega bo‘ladi!

Patently Apple nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, Apple o‘z smartfonlariga barmoq izi skanerini qaytarmoqchi. Ammo endi yangi texnologiya bo‘yicha: mazkur datchik biror tugmachaga o‘rnatilmasdan, balki bevosita ekranning o‘ziga integratsiya qilinadi.

Ta’kidlanishicha, kupertinolik texnogigant allaqachon shunday sensorlarni yetkazib beruvchi O-film va TPK Holding kabi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo Apple’ning bunday texnologiyaga ega ilk mahsuloti navbatdagi iPad bo‘ladi. Shundan keyingina yangi iPhone’larning ham ekraniga daktiloskop joriy etiladi.

Shunisi borki, O-film hamda TPK Holding aynan kupertinoliklarning «ashaddiy raqibi» tayyorlayotgan Galaxy S10 flagmani uchun ultratovushli barmoq izi skaneri yetkazib beruvchilar hisoblanadi.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda shu paytgacha bozorga taqdim etilgan ayrim iPhone’larni 2 199 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish, Samsung smartfonlarini esa 899 000 so‘mdan boshlanuvchi baholarda xarid qilish mumkin.

O‘QING: Apple eng g‘ayrioddiy mahsulotini patentladi – bu sizga smartfon yo kompyuter emas!