Navbatdagi «quvvat monstri» – 6000 mAs akkumulyatorli arzon Redmi 9T ham tayyor!

  •   DiMaX
  •  2126
  •  30.12.2020 11:02

Navbatdagi «quvvat monstri» – 6000 mAs akkumulyatorli arzon Redmi 9T ham tayyor!

Xiaomi korporatsiyasi kuni kecha o‘zining Xiaomi Mi 11 rusumli flagmanini namoyish qilgan edi. Endi esa uning arzonchi brendiga mansub yana bitta smartfon sertifikatsiyadan o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari (Gizmochina reytingi)

Tailandning NBTC sertifikatlash agentligi ma’lumotlar bazasida shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan Redmi 9T cmartfoni haqida qayd paydo bo‘lgan. Aftidan, bu qurilma rasman xalqaro bozorga taqdim etiladi; zero, Xiaomi an’anasiga ko‘ra, global modellar nomidagina «T» belgisi qo‘llanadi.

NBTC regulyatori hujjatlarida Redmi 9T modeli M2010J19ST katalog raqami ostida qayd qilingan. Bu esa oldin Xitoyda va Hindistonda namoyish etilgan ikkita smartfonning katalog raqamlari bilan so‘nggi belgisigacha bir xil. Ya’ni, ushbu gadjet butkul yangi bo‘lmasdan, oldin chiqqan smartfonning global bozor uchun reneyming qilingan (nomi o‘zgartirilgan) versiyasi ekan.

Redmi brendi noyabrning oxirrog‘ida Xitoyda Redmi Note 9 4G modelini taqdim etgan bo‘lib, uning katalog raqami M2010J19SC hisoblanadi. Keyinroq esa shu modelni ayrim o‘zgarishlar bilan Redmi 9 Power rusumli smartfon sifatida Hindistonda namoyish etgan edi (katalog raqami – M2010J19SI).

Xitoy va Hindiston bozorlari uchun chiqarilgan bu ikki smartfon o‘zaro ozgina farqlanadi; Redmi 9T modelining shu ikki smartfondan aynan qay birining kloni bo‘lishi hozircha aniq emas. Lekin uchalasining ham mushtarak bo‘lgan muhim jihati – 18 vattlik tezkor quvvatlana oluvchi 6000 mA/soatlik akkumulyatoridir. Yangi smartfon ham Snapdragon 662 protsessoriga, diagonaliga 6,53 dyuymlik Full HD+ ekranga hamda asosiy datchigi 48 megapiksellik bosh kameraga ega bo‘lishi aniq.

O‘QING: 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni