Navbatdagi Samsung smartfoni Geekbench'da ko‘rinish berdi

Navbatdagi Samsung smartfoni Geekbench'da ko‘rinish berdi

Samsung o‘zining Galaxy F41 smartfonini Hindiston bozoriga chiqargan edi. Ushbu model katta sig‘imli akkumulyator va Exynos 9611 chipiga ega bo‘lib, ayni damda Galaxy F lineykasining yagona vakili hisoblanadi.

Ammo endi bunday bo‘lmaydi, sababi, insayderning sizdirgan ma’lumoti va Geekbench etalon testiga ko‘ra, Galaxy F62 smartfoni ham tayyorlanmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Samsung SM-E625F smartfoni Galaxy F62 nomi bilan marketing qilinadi. Geekbench'da sinovdan o‘tgan qurilma Exynos 9825 chipsetida ishlaydi.

Qayd etilgan natija Exynos 9825'da ishlovchi Galaxy Note10'niki bilan bir xil ekani bois, ushbu SoC va smartfon borasida hayratlanarli biror jihat yo‘q. Geekbench'ning yana ko‘rsatishicha, Galaxy F62 Samsung smartfonlari orasida birinchilardan bo‘lib qadoqdanoq Android 11 tizimida ishlaydi.

Insayder Galaxy F62 Hindistondan boshqa davlatlarda ham sotiladimi-yo‘qmi, bunga aniqlik kiritmagan.

O‘QING: Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!