Navbatdagi Samsung smartfoniga Android 11 keldi

Navbatdagi Samsung smartfoniga Android 11 keldi

Samsung o‘z smartfonlarini Android 11 tizimi bilan yangilashda davom etmoqda. Xuddi shunday, quyi toifa Galaxy A01 smartfoni ham yangi dasturiy ta’minotni qabul qilmoqda.

O‘QING: Samsung yana ko‘plab qurilmalarini One UI 3.1'ga o‘tkazishda davom etmoqda. To‘liq ro‘yxat bilan tanishamiz

Tizim yangilanishi bilan birgalikda smartfon eng so‘nggi xavfsizlik patchiga ham ega bo‘lmoqda. Ma’lumot uchun, Galaxy A01 2019-yil oxirida Android 10 bazasidagi One UI 2.0 dasturiy ta’minoti bilan taqdim qilingan edi.

Samsung'dagilar Android 11 bazasidagi One UI 3 apdeytini Rossiyadagi Galaxy A01 (SM-A015F) qurilmasiga jo‘nata boshladi. A015FXXU4BUD8 versiyadagi yangilanishdan so‘ng, qurilma yangilangan UI dizayni, chat pufakchalari, bir martalik ruxsat, bildirishnomalar qatorida suhbat bo‘lmasi, bildirishnomalar qatorida dinamik media pleyeri hamda maxfiylik va xavfsizlik yangilanishlariga ega bo‘ladi.

One UI 3.x interfeysi qurilmaga yangilangan UI dizayni, bir qadar yangilangan ikonkanlar, standart ilovalarning takomillashgan talqini, Samsung klaviaturasi va Samsung Internet brauzerlarining takomillashuvi, ko‘proq qulf ekrani vidjetlati, aqlli uy nazoratiga tezkor kirish imkoniyati, Dinamik qulf ekranining ko‘paytirilgan opsiyalari, yangi dizaynli Device Care bo‘limi, Raqamli salomatlik va Ota-ona nazoratining ko‘paytirilgan opsiyalarini taqdim etadi.

Agar Rossiyada bo‘lsangiz va Galaxy A01 smartfonini ishlatsangiz, smartfoningizga tizim yangilanishi borasida bildirishnoma kelgan bo‘lishi kerak. Agar bildirishnoma kelmagan bo‘lsa, Sozlamalar > Dastur yangilanishi > Yuklash va o‘rnatish bo‘limiga o‘tib, yangilanishni «ruchnoy» tekshirishingiz mumkin. Tez orada boshqa davlatlardagi Galaxy A01 foydalanuvchilari ham ushbu tizim yangilanishini qabul qilishlari kerak.

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy A52 5G

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.