Navoiyda mukofot jamg'armasi 1 milliard so'm bo'lgan xakaton o'tkaziladi

Navoiyda mukofot jamg'armasi 1 milliard so'm bo'lgan xakaton o'tkaziladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi Navoiy viloyatida "Digital Navoi Hackathon 2022" tanloviga start berilganligini e'lon qildi. Mazkur musobaqaning mukofot jamg'armasi 1.000.000.000 so'm bo'lib, unda 14 yoshdan 30 yoshgacha faqat navoiylik dasturchilar qatnashishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, tanlov quyidagi 5 xil yo'nalishlarda o'tkaziladi:

  • Investitsiya
  • Ijtimoiy soha
  • Turizm
  • Raqamli iqtisodiyot 
  • Innovatsiya

Har bir yo'nalish g'oliblari o'z loyihalarini amalga oshirilishlari uchun 200.000.000 so'mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanishadi.

Ta'kidlash joizki, ishtirokchilar elektron saralash, hakamlar hay'ati oldida taqdimot va Demo Day bosqichlaridan o'tishadi. Tanlov 1-2-noyabr kunlari IT-Park'ning Navoiy filialida bo'lib o'tadi.

Tanlov uchun ro'yxatdan o'tish 10-sentabrdan boshlangan va u 20-oktabrgacha davom etadi.

Batafsil ma'lumotlarni ushbu manzildan olishingiz mumkin.

O'QING: Amerikada uchar mototsikl namoyish qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!