Necha foiz smartfon Android 13 operatsion tizimiga o‘tgani ma’lum qilindi

Necha foiz smartfon Android 13 operatsion tizimiga o‘tgani ma’lum qilindi

Android 13 operatsion tizimi taqdim etilganidan buyon Samsung, Xiaomi, Oppo, OnePlus, Vivo va boshqa kompaniyalar o‘z smartfonlarini ushbu tizimga o‘tkazishni boshladilar. 

Android 13 tizimining tarqatilish diagrammasiga asoslangan holda aytish mumkinki, Google'ning so‘nggi operatsion tizimida ishlayotgan smartfonlar umumiy qurilmalarning 5.2% ni tashkil qiladi. Android 12 va 12L tizimlarida ishlaydigan smartfonlar soni 13.5% dan 18.9% ga oshdi. 

Eski Android versiyalarga kelsak, jadval Android KitKat versiyasigacha tushadi. Jadval quyidagicha tuzib chiqilgan:

Android 11: 24.4%

Android 10: 19.5%

Pie: 13.2%

Oreo: 9.5%

Nougat: 3.7%

Marshmallow: 2.8%

Lollipop: 2.1%

KitKat: 0.7%

Ushbu ko‘rsatkichlar qanday to‘planganligi aniq ma’lum emas. Biroq 9To5Google ma’lumotlariga ko‘ra, u bir hafta davomida Google Play do‘koniga kiradigan Android qurilmalariga asoslangan holda tuzib chiqilgan.

Android 13 qolgan versiyalarga qaraganda nisbatan tez smartfonlarga yetib bordi. Bunga sabab Samsung o‘z smartfonlarini tezkorlik bilan Android 13 tizimiga asoslangan One UI 5 grafik qobig‘iga o‘tkazgani sabab bo‘lgan. Darhaqiqat, kompaniya Android 13 tizimiga o‘tishi mumkin bo‘lgan modellarga allaqachon ushbu tizimni jo‘natib bo‘ldi.

O‘QING: Xiaomi davom etadi: endigi navbat Redmi Note 12 Turbo'ga