Nega internetda hamma uchun joy topilaveradi?

Nega internetda hamma uchun joy topilaveradi?

Har besh yilda "raqamli osmon" ustimizga qulashi haqida xabar tarqaladigan bo‘lib qolgan ko‘rinadi. 2010- va 2015-yillarda yaqin kelajakda internet IP manzillari tugab qolishi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Endi esa Yevropaning internet domenlarini nazorat qiluvchi tashkilotining xabar berishicha, hududda mavjud 1.91 million IP manzili 2020-yilgacha tugab qolishi ehtimoli juda katta.

Internetga ulanish uchun har bir kompyuter va smartfonga IP manzil kerak bo‘ladi. IP — "internet protokol" so‘zining qisqartma shakli; tarmoqdagi barcha qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish jarayoni to‘g‘ri amalga oshirilishi uchun IP manzil (xuddi pochta manzili kabi) unikal bo‘lishi talab qilinadi. Ushbu maqolani o‘qib turganingiz ham IP manzil sababdir.

1980-yilda (ha, ancha yil oldin) IP manzillarini o‘ylab topishganda, 32 ta raqamdan iborat manzillar tizimi butun Yer yuzidagi elektron qurilmalar uchun yetarlicha miqdorda IP manzil yaratishiga ishonishgandi. 32 ta raqamdan iborat manzil 32 ta kominatsiyani yuzaga keltirib, yer yuzidagi 4.2 milliard qurilmaga IP adres yaratib beradi. 

O‘sha davr uchun bu keragidan ham ko‘p miqdor edi — internet nima ekanligini juda kamchilik bilardi. Vaholanki, hozirda bitta xonadonning o‘zi 20 tagacha IP manzilga ega bo‘lishi mumkin. Har bir elektron qurilmaga bitta IP manzil kerak bo‘ladi; bular qatoriga o‘yin konsoli, aqlli chiroq, aqlli karnay, aqlli televizor, leptop, smartfon va boshqalar kiradi. Ayni damda, Yevropada har 11 daqiqada bitta IP adres band qilinmoqda. 

Internet qanday qilib kengayib boradi?

IPadreslar tugab qolayotgan ekan, nega bundan xavotirga tushmayotganimizdan hayron bo‘layotgandirsiz. Bilasizmi nima, hozirda soni kamayib borayotgan IP manzillar 4 versiya manzillaridir. Bu versiya 90 yillarning o‘rtalarida, internetga ulanganlar soni ortib borishi bilan, ommalashgan. Biroq 15 yil oldin mutaxassislar takomillashtirilgan manzillashtirish tizimiga ehtiyoj sezilishini tushunib yetishgan. Hozirda biz foydalanayotgan eng so‘nngi versiya IP adreslar 6 versiyadadir. Yuqorida ham aytdik, 4 versiya IP adreslar 32 ta raqamdan iborat bo‘lgan. 6 versiya esa 128 tadan. Bu esa 128 xil kombinatsiya yoxud 340,282,366,920,938,463,463,374,607,431,768,211,456 adres deganidir. Bu 320³⁶ darajasiga teng.

Hozirda ko‘plab elekron qurilmalar 6 versiya IP adresga ega, biroq veb-serverlar va internet-kommunikatsiya texnologiyalari, masalan, routerlar 4 versiya IP manziliga ega. Internetga allaqchon ulangan qurilmalar sonini inobatga olib aytish mumkinki, yangi versiyaga to‘liq o‘tish uchun uzoq vaqt ketadi.

"Bundan chiqdi, ko‘proq qurilmalarimiz internetga ulanishi bilan IP adreslar ham uzunlashib boradimi?" degan savol tug‘ilishi mumkin. Yo‘q, bunday emas. Yangi texnologiyalar internet trafikni 16 million qurilmaga yagona IP manzil orqali o‘tkaza oladi. Bunga uyingizdagi router yoki mobil provayderlarini misol qilib keltirsak bo‘ladi.

Shuning uchun, internet protokol mazillari tugab qolayotgani haqidagi xabarlardan xavotirga tushmasak ham bo‘laveradi. Texnologik rivojlanish sababli endilikda birgina manzil 16 millionta adresni qo‘llab-quvvatlay oladi, mana shu 16 mln yana 16 mln ta qurilmaga trafik o‘tkazadi va hokazo. 

Shunday qilib agar yetarlicha kuchli bo‘lganida, har bir IP adres, har bir router millionlab qurilmalarni internetga ulay olgan bo‘lar edi. Shunda oyoq kiyimingizdan tortib, oshxonadagi idishlargacha barcha buyumlar internetga ulana olgan bo‘lardi (IoT).

O‘QING: Mobil operatorlarning cheksiz internet tariflari va 5G texnologiyasi Wi-Fi'ni siqib chiqaradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!