Nega shifokorlarga Putinni suratga olgan smartfonni yo‘q qilish buyurildi? (+video)

  •   DiMaX
  •  3138
  •  25.03.2020 14:55

Nega shifokorlarga Putinni suratga olgan smartfonni yo‘q qilish buyurildi? (+video)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus yuqtirgan kasallar davolanayotgan shifoxonaga borib, ular bilan uchrashdi. Uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa prezident kelishidan oldin u yerdagi shifokorlar bilan uchrashib, tegishli ko‘rsatmalar berdi.

O‘QING: Putin bilan ko‘rishgan robotni Tesla avtopiloti urib «o‘ldirdi» (+video)

Jumladan, prezidentning matbuot kotibi vrachlardan biriga smartfon berar ekan, Putinni suratga olib bo‘lganidan so‘ng bu yozuvlarni messenjer orqali o‘ziga jo‘natishini tayinlagan. «Shundan keyin esa smartfonni yo‘q qiling!» degan u.

Mana, shu vaziyatning «jonli» videosi:

Peskov izohiga ko‘ra, tadbirdan so‘ng smartfonning dezinfeksiya qilinishini kutib o‘tirishga vaqt yo‘q, shu sababli uni birato‘la yo‘q qilgan ma’qul.

O‘QING: Koronavirusdan himoyalanish uchun smartfonni nima bilan va qanday tozalash kerak?

Videoda smartfonning aynan qaysi model ekanligini aniqlash imkonsiz. Dizayni va to‘rttalik kamerasiga qaraganda, bu – o‘tgan yilning dekabrida namoyish qilingan hamyonbop Galaxy A51 bo‘lsa kerak. Rossiyada ushbu smartfon narxi 20 ming rublga ham bormaydi; Peskov esa bir martalik foydalanish uchun shunday arzon qurilmadan foydalangan bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri keladi.

Hamyonbop model bo‘lsa-da, Galaxy A51 smartfonining kamerasi anchagina yaxshi. Saytimizda mazkur qurilmaning batafsil tavsifi ham berilgan bo‘lib, u bilan mana bu yerda tanishish mumkin.

O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50