Nemislar birinchi bo‘lishdi: Germaniyada vodorod yoqilg‘isi bilan harakatlanadigan poyezd yaratildi

  •   Saroy
  •  989
  •  18.09.2018 10:24

Nemislar birinchi bo‘lishdi: Germaniyada vodorod yoqilg‘isi bilan harakatlanadigan poyezd yaratildi

Vodorod yoqilg‘isi elementida harakatlanadigan dunyodagi ilk poyezd Germaniyaning shimoliy qismida yo‘lovchilarni tashiy boshladi. 17 sentyabrda ushbu vodorod yoqilg‘isi elemayentlarida yuradigan  Coradia iLint yo‘lovchi poyezdi bilan   Kuksxafen — Bukstexude yo‘nalishi bo‘ylab muntazam qatnov yo‘lga qo‘yildi.

Coradia iLint poyezdi ayni paytda Germaniyaning Quyi Saksoniya federal yeriga qarashli   Kuksxafen, Bremerxafen, Bremerfyord va  Bukstexud shaharlari orasida doimiy qatnovni amalga oshirmoqda.

Yakshanba kuni, ya’ni rasman yo‘lga qo‘yilish arafasida Coradia iLint Bremerfyordga sinov reysini uyushtirgan edi. Ilk qatnovni shaxsan Quyi Saksoniya iqtisodiyot va transport vaziri Bernd Altxusman va  Alstom kompaniyasi rahbari Anri Pupar-Lafarg kuzatib turishdi.

O‘QING:Rossiyada uchar poyezdlar ishlab chiqariladi

Poyezd nemislarning Zalsgitter shahrida fransuzlarning Alstom  kompaniya tomonidan loyihalashtirildi. Coradia iLint tezligini soatiga 140 kilometrgacha oshira oladi, bir zapravka bilan ming kilometrgacha yurishi mumkin.

Vodorod yoqilg‘isi elementlari bilan yuradigan transport odatda atrof-muhitga kam zarar keltiradi, deb hisoblanadi. Vodorod yoqilg‘i elementlari  transport bortida elektrodvigatel uchun elektr energiya ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, vodorodni yoqilg‘i sifatida foydalanishga qarshi bo‘layotganlarning ta’kidlashicha, vodorod havo bilan aralashsa portlab ketish xavfi paydo bo‘ladi, siqilgan vodorodga esa ko‘p miqdorda energiya kerak bo‘ladi.

Vodorod yoqilg‘isi elementlari bilan harakatlanadigan poyezddan qisqa masofalarda va hali elektrlashtirilmagan yo‘llarda foydalanish ko‘zda tutilgan.

Alstom kompaniya  Quyi Saksoniya temir yo‘llari uchun  2021 yilgacha vodorod yoqilg‘isi elementlari bilan yuradigan 14 ta Coradia iLint poyezdi yetkazib buradi. Ayni paytda bu borada shartnoma imzolangan.

Quyi Saksoniya kelgusida mintaqadagi  dizelda yuradigan barcha poyezdlarni vodorodli poyezdlarga almashtirishni reja qilmoqda. Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga qaraganda, ushbu loyiha uchun mahalliy byudjetdan 81 million yevro miqdorida mablag‘ ajratildi. Shuningdek, Alstom 2021−22 yillarda Buyuk Britaniya temir yo‘llari uchun ham vodorod yoqilg‘isi elementlarida harakatlanadigan ilk poyezdlarni ishga tushirmoqchi.

O‘QING:Poyezdlar harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladigan qurilma ishlab chiqildi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!