«Netflix effekti» yoki kino shunchaki tomosha emasligi haqida

  •   DiMaX
  •  1693
  •  05.12.2020 16:09

«Netflix effekti» yoki kino shunchaki tomosha emasligi haqida

Dunyodagi eng ommabop Netflix striming servisining internet olamiga va boshqa sohalarga ham ta’siri katta. Jumladan, unga 2020 yilning 23 oktyabr kuni joylashtirilgan «Farzin yurishi» serialidan so‘ng qanday o‘zgarishlar bo‘lgani haqida xabar.uz nashri yozgan.

O‘QING: Netflix Google Play'da 1 milliarddan ortiq marta yuklab olindi

«Farzin yurishi» seriali Netflix’ga chiqqanidan keyin nimalar bo‘lgani quyidagi raqamlarda:

  • Serialni bugungi kungacha 62 million oila tomosha qildi.
  • eBay’da shaxmat taxtasini sotib olish 250 foizga oshdi.
  • Google’da «shaxmat qanday o‘ynaladi» degan so‘rov oxirgi 9 yildagi eng yuqori nuqtasiga chiqdi.
  • Serialga asos qilib olingan «The Queeen`s Gambit» asari chop etilganidan so‘ng oradan 37 yil o‘tib «New York Times»ning bestsellerlari ro‘yxatiga kirdi.
  • Chess.com saytidan foydalanuvchilar soni 5 karra oshdi.

O‘QING: Netflix’da eng mashhur yangi serial nomi ma’lum bo‘ldi

Ma’lumot uchun: Netflix — jahonda eng ommalashgan striming (oqimli video) videoservislaridan biri. Servis filmlar va seriallarni nafaqat namoyish etadi, balki o‘zi suratga oladi.

Netflix’ning o‘ziga xos jihati: seriallarning yangi seriyalari hafta davomida bitta-bittalab emas, balki butun mavsumi bilan bir kunda dunyo bo‘ylab, turli tillarda joylashtiriladi.

Barcha mamlakatlarda Netflix ishlaydi, istalgan qurilmadan foydalanish mumkin: smartfonlar (Android va iOS), planshetlar, kompyuterlar, televizorlar, TV-pristavkalar, o‘yin konsollari, DVD hamda Blu-ray pleyerlar.

Juda qulay servis, barcha qurilmalarni sinxronlasa bo‘ladi. Masalan, filmning 30 daqiqasini televizorda, davomini kelgan joyidan smartfonda tomosha qilishingiz mumkin.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!