Netflix Google Play'da 1 milliarddan ortiq marta yuklab olindi

Netflix Google Play'da 1 milliarddan ortiq marta yuklab olindi

Netflix'ning Google Play'dagi Android ilovasining yuklab olishlar soni bir milliarddan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich dasturning smartfonlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan avvaldan o‘rnatilgan holatlarini ham o‘z ichiga oladi.

Boshqa striming platformalari bilan taqqoslasak, Amazon Prime 100-500 million marta yuklangan ilovalar guruhida turadi, Hulu esa 50-100 million marta, HBU GO esa 5+ million marta yuklangan.

Netflix'ga raqib bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir platforma Disney+ hisoblanadi, ammo ushbu servis faqatgina ma’lum davlatlarda mavjud xolos va tashkil topganiga hali ko‘p bo‘lmadi — noyabr oyida birinchi tug‘ilgan kunini nishonlaydi.

Ma’lumot uchun, Netflix'ga 1997-yilda asos solingan va ayni damda 193 millionta obunchiga ega.

O‘QING: Nafaqat Google va Netflix, balki Apple ham O‘zbekistonda soliq to‘layapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!