Netflix videoxizmati endi O‘zbekistonda

Netflix videoxizmati endi O‘zbekistonda

Dunyo miqyosida ommalashgan Netflix videoxizmati mijozlari sonini oshirdi. Endi undan jahondagi 130 mamlakatda foydalana olishadi. Bu mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Bundan oldin 89 davlat uchun xizmat ko‘rsatilar edi.

Onlayn kinoteatr dunyoga mashhur filmlarni namoyish etadi. Foydalanuvchilar filmni original tilida yoki binge-watching (“birdaniga barcha seriyasini ko‘rish”) rejimida tomosha qilishlari mumkin. Seriallar orasida “Qartalar uyi”, “Dovyurak”( Sorvigolova), “Qora oyna”, “Jessika Jons” kabilarni tomosha qilish mumkin.

Videoxizmatdan foydalanish uchun brauzerda www.netflix.com/uz sahifasiga o‘tiladi. Tegishli paket sotib olingach, bir oy mobaynida tomosha qilish mumkin. Basic, Standart va Premium tarif rejalari bor. To‘lov uchun Visa, MasterCard, PayPal va Amex pul o‘tkazish tizimlari xizmatidan foydalansa bo‘ladi.

Tanlangan paket turiga qarab bir oylik tomosha bahosi 8, 10 va 12 yevro turadi. Hozirda xizmat faqat ingliz tilida yuritiladi.

Netflix ilovasini O‘zbekistonda yuklab olish imkoniyati mavjud.

Netflix kompaniyasi 1997 yilda AQShda paydo bo‘lgan. Faoliyatini DVD disklarni ijaraga berishdan boshlagan. Tomoshabinlar DVD disklar o‘rniga onlayn tomoshani afzal ko‘rishini o‘z vaqtida payqab videoxizmat ko‘rsatishni boshlagan. Kompaniya so‘nggi yillarda faqat o‘z mijozlari uchun seriallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!