Netflix yaqin o'n yilda bunchalik ko'p obunachi yo'qotmagan

Netflix yaqin o'n yilda bunchalik ko'p obunachi yo'qotmagan

Netflix video striming platformasi 2022-yilning ilk choragida o'tgan yil to'rtinchi choragiga qaraganda 200,000 ko'p global obunachilarini yo'qotdi va bu ko'rsatkich ikkinchi chorakda 2 milliongacha yetishi mumkin, deya xabar bermoqda The Verge nashri.

"Bizning daromadimiz o'sishi sezilarli darajada sekinlashdi", deb tan oldi Netflix o'zining aksiyadorlariga yo'llagan maktubida. Kompaniya birinchi chorakni 222 million foydalanuvchilar bilan yopdi va garchi u hali ham dunyodagi eng katta striming platformasi bo'lsada, kompaniya bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mart oyida Ukrainaga bostirib kirgani sababli Netflix Rossiyadagi xizmatini to'xtatgan edi va buning oqibatida kompaniya 700 000 ga yaqin obunachisini yo'qotgan.

Netflix hozirda 100 million atrofidagi foydalanuvchilar pul to'lagan obunachilar ulashgan parollar orqali xizmatdan foydalanayotganini taxmin qilmoqda. Buning natijasida "ko'pgina bozorlarda obunani ko'paytirish qiyin", deydi kompaniya. Yangiliklardan keyin Netflix'ning aksiyalari 26% foizga tushib ketdi va kompaniya o'zining 40 milliard dollarlik qiymatini ham yo'qotgan.

Endilikda Netflix hammuassisi va hamraisi bo'lgan Rid Xastingsning ma'lum qilishicha, kompaniya iste'molchi tanlovi sifatida reklama bilan yanada pastroq narxdagi obunasini taklif qilishi mumkinligini ma'lum qildi. Platformaning Hulu, HBO Max va Disney kabi asosiy raqobatdoshlari allaqachon kamroq pul evaziga reklamali obuna tariflarini ishga tushirishgan edi.

O‘QING: Samsung maxsus nashrdagi yangi buklamafon chiqaradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.