Netflix’da eng mashhur yangi serial nomi ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1049
  •  19.10.2020 08:56

Netflix’da eng mashhur yangi serial nomi ma’lum bo‘ldi

«Retched opa» (Sister Ratched) serialining birinchi mavsumi 2020 yilda Netflix platformasida eng ko‘p tomosha qilingan debyut shou bo‘ldi. Bu to‘g‘rida deb yozadi Gazeta.ru xabariga asoslanib Sof.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Netflix Google Play'da 1 milliarddan ortiq marta yuklab olindi

«Dastlabki 28 kun ichida 48 million foydalanuvchi Retched bilan «uchrashdi» va bu yilning eng ko‘p tomosha qilingan mavsumiga aylandi», – deyiladi Netflix xabarida.

Premerasi 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan mazkur serial yozuvchi Ken Kesining romani asosida Milosh Formanning «Kakku uyasi uzra parvoz» filmining davomidir.

Bosh rolni aktrisa Sara Polson ijro etgan, u «12 yillik qullik» va «Umidsiz uy bekalari», «Amerika dahshati hikoyasi» va «Amerika jinoyati haqidagi hikoya» seriallarida suratga tushgan.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!