Neuralink kiborg-odamlarga miya chiplari uchun $205 million yig‘di

  •   DiMaX
  •  265
  •  02.08.2021 12:12

Neuralink kiborg-odamlarga miya chiplari uchun $205 million yig‘di

Neuralink startapi maymunga chip o‘rnatib, videoo‘yinlar uni o‘ynashga o‘rgatgani haqida yozgan edik. Kompaniya rahbari Ilon Mask esa odamlarni xuddi shu tarzda chiplashtirish muddatini ham aytgan. Shuningdek, u kiborg-odamlar uchun yangi chipni va kiborgga aylantirilgan cho‘chqani videoda ko‘rsatgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Ilon Mask kiborgga aylantirgan maymun FIKR KUChI BILAN kompyuterda o‘yin o‘ynamoqda! (+«jonli» video)

Mazkur kompaniya miyaga o‘rnatiluvchi chiplarni ishlab chiqarish uchun 205 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ to‘pladi, deb yozadi UZZOOM nashri.

Ushbu loyihaning sarmoyadorlari Google Ventures, Dubayda joylashgan Vy Capital, Growth, Valor Equity Partners, Craft Ventures, Founders Fund va Gigafund, shuningdek xususiy investorlar: ARCH Venture Partners asoschisi Robert Nelson, Byers Capital kompaniyasining Bleyk Bers, YC Group boshqaruv kengashi raisi va OpenAI bosh direktori Sem Altman, Paradigma va Coinbase asoschisi Fred Ersam, PayPal va Founders Fund asoschisi Ken Xoveri, deya kompaniyaning sayti xabar berdi.

Yig‘ilgan mablag‘ oyoqlari falaj bo‘lgan bemorlarga yordam beradi. Kelgusida ushbu qurilma nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarga ko‘makka keladi.

O‘QING: Ilon Mask loyihasiga raqobatchi texnologiyani Putin ma’qulladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!