Nexus 5X va Nexus 6P: «guglofon»larning rasmiy anonsi

Nexus 5X va Nexus 6P: «guglofon»larning rasmiy anonsi

Google korporatsiyasi maxsus matbuot anjumanida uzoq kutilgan yangilik haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Nexus 6P anodlangan alyumin korpusli telefon bo‘lib, Huawei (Xitoy) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qalinligi 7,3 mm, assortimentidan oq, kumushrang va grafit rangli telefonlar o‘rin olgan.

10Telefon yuzasining katta qismini (74 %) 7,5 dyuym dioganalli AMOLED-displeyi egallagan bo‘lib, tasvir hajmi WQHD (1440 × 2560, 518 ppi) va Gorilla Glass 4 himoya oynasiga ega. Qurilmaga stereodinamika o‘rnatilgan. Shuningdek, Nexus seriyalarida ilk bor barmoq izlarini skaner qilish funksiyasi ham kiritildi.

12

Nexus 6P apparati qizib ketmaydigan sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 810 v2.1 protsessorga ega. Telefonning xotira sig‘imi 3 Gbayt, qo‘shimcha sifatida 32, 64 Gbdan to 128 Gbgacha flesh-karta o‘rnatish imkoni mavjud.  Eng yajoyib tomoni shundaki, mobil apparatda USB Type-C ulanmasi bor va u orqali smartfonni 10 daqiqa quvvatlantirib, 7 soat bemalol ishlatish mumkin. Akkumlyatori ajratib olinmaydi, quvvati 3450 mA•s ni tashkil etadi.

Huawei Nexus 6P kamerasining tasvir hajmi 12,3 megapiksel, ammo uni 1,55 mkmgacha yiriklashtirish mumkin (solishtirish uchun: iPhone 6s Plus’da bu ko‘rsatkich 1,22 mkm).

Kamera qo‘shaloq LED-chaqnoq (vspishka) bilan ta’minlangan, ya’ni lazerli avtofokus va f/2,0 diafragmali optikaga ega. Shuningdek, 2160p formatida video yozish va “sloumo” rejimida daqiqasiga 240 ta kadr olish mumkin. Old kamerasi selfi ishqibozlari uchun 5 megapikseldan iborat.

13

LG Electronics kompaniyasining Nexus 5X modeli plastik korpus bilan qoplangan va 5,2 dyuym dioganalli ixcham IPS –matritsaga ega. Tasvirni Full HD (1080×1920, 424 ppi) formatida oladi. Nexus 5X’ning “yuragi”—6 yadroli Qualcomm Snapdragon 808 chipi va Adreno 418 grafikadan iborat. Uni 2 Gbli operativ xotira qurilmasi va 16/32 Gbli flesh-karta to‘ldirgan.

LG Nexus 5X apparatining kamera qismi katta akasi Nexus 6P ga o‘xshash, faqat u tezlashtirilgan videoyozuv paytida soniyasiga 120 tagacha kadr oladi.

Ikkala smartfon ham Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Telefonlarni yetkazib berish joriy yilning oktyabr oyida boshlanadi. Boshlang‘ich baholar: Nexus 5X (16 Gb xotira) uchun $349. Eng oddiy Nexus 6P $499 ga baholandi. Ko‘rsatilgan narxlar hozircha faqat AQSh bozorlari uchun.

Nexus xarid qilganlar bonus tarzida 90 kunlik bepul Google Play Music xizmatidan foydalanishadi. Shuningdek, mijozlarga mexanik shikastlanishlar sug‘urtasi uchun Nexus Protect dasturi taklif etiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!