NFC chipli, ixcham va arzon Redmi Watch namoyish etildi

  •   DiMaX
  •  786
  •  27.11.2020 10:14

NFC chipli, ixcham va arzon Redmi Watch namoyish etildi

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi Redmi Note 9 5G, Redmi Note 9 Pro 5G hamda Redmi Note 9 4G rusumli smartfonlarini taqdim etgani haqida yozgandik. Bulardan tashqari, kechagi tadbirida Redmi brendi o‘zining birinchi aqlli soatini ham namoyish qilgan.

O‘QING: Quvvati 5 kunga yetuvchi nostandart smartfon – Poco M3 namoyish qilindi

Bu – anchadan beri kutilayotgan Redmi Watch rusumli smart-soat bo‘lib, o‘zining soddaligi va arzonligi bilan e’tiborga loyiq. Oldindan buyurtma bo‘yicha uni 40 dollarga olish mumkin, chakana savdoga chiqqach esa narxi 45 dollarga to‘g‘ri keladi.

Redmi Watch rangli ekranining o‘lchami diagonaliga 1,4 dyuymni tashkil etadi, unda piksellar zichligi esa 323 PPI birlikka teng. Kompaniya unda 20 dan oshiq siferblat, pulsning muntazam kuzatib borish, uyqu sifati monitoringi va yettita sport rejimini va’da qilmoqda.

O‘QING: Bitta quvvatda 14 kungacha ishlovchi Xiaomi Mi Watch Revolve taqdim etildi: narx va jihatlari

Yangi smartvochning avtonom ishlash davri 12 kungacha borishi mumkin; unga kompaniyaning Xiao Ai ovozli yordamchisi joriy etilgan. Redmi Watch suvdan himoyalangan (5ATM) va NFC moduli bilan ta’minlangan. Korpusining yengilligini ham ta’kidlash joiz – atigi 35 gramm tosh bosadi. Xiaomi uni o‘z yurtida 1 dekabrdan ochiq savdoga chiqaradi.

Kompaniya bu mahsulotini Xiaomi Mi Watch Lite nomi ostida global bozorga ham chiqarishi aytilgan. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bu model allaqachon AQShning Federal aloqa komissiyasi (Federal Communications Commission, qisqartmasi – FCC) sertifikatini olgan.

O‘QING: Xitoyliklar o‘z-o‘zini quvvatlovchi ilk smart-soatni tayyorlashdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!