NFC, GPS va SpO2 datchikli Xiaomi Mi Band 6 ilk «jonli» rasmda: ekrani Mi Band 5’nikidan o‘zgacha!

  •   DiMaX
  •  724
  •  29.03.2021 12:39

NFC, GPS va SpO2 datchikli Xiaomi Mi Band 6 ilk «jonli» rasmda: ekrani Mi Band 5’nikidan o‘zgacha!

Xiaomi kompaniyasining oltinchi avlod ftnes-bilaguzugi – Mi Band 6 asosiy xususiyatlarini yaqinda e’lon qilgan edik. Mazkur aksessuar bugun Mi 11 Pro hamda Mi 11 Ultra smartfonlari bilan bitta tadbirda namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Android uchun eng yaxshi 15 ta fitnes ilova

Rasmiy taqdimotidan avval Xiaomi Mi Band 6 fitnes-brasletining birinchi «jonli» surati ham Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalib ketdi. Rasmda uning eng yaqqol ko‘rinib turgan jihati – minimal romli displeyidir:

Hozirgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, ushbu devays NFC adapterini saqlab qolgan, GPS hamda qonning kislorodga to‘yinganlik (SpO2) datchiklari bilan ta’minlangan. Shuningdek, unda jami o‘ttiztacha jismoniy mashqlarning yangicha rejimlari, yana Telegram va WhatsApp bilan integratsiyalashuv funksiyasi ham bo‘ladi.

O‘QING: Huami pulsoksimetrli Amazfit Band 5 bilaguzugini taqdim etdi: siz uni taniysiz!

Quyidagi sxematik rasmda esa Mi Band 5 hamda Mi Band 6 modellarining displeylari taqqoslab ko‘rsatilgan:

Mi Band 6 narxiga keladigan bo‘lsak, Xiaomi uni ham Mi Band 5 qiymati darajasida belgilasa kerak. Uning barcha jihatlari ertagacha oydinlashadi, bu boradagi yangiliklarni Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: OnePlus ilk taqiluvchi gadjetini chiqardi: Mi Band 5’ning arzon kushandasi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!