NFT olamiga "xush kelibsiz"!

NFT olamiga

O‘tgan yilning mart oyida Twitter sobiq bosh direktori Jek Dorsi 2006 yilda o‘zining ijtimoiy tarmoq tarixida birinchi yozgan tvitini NFT ko‘rinishida $2.9 millionga sotishga muvvaffaq bo‘lgan edi. Uni sotib olgan xaridor, malaziyalik kripto-tadbirkor Sina Estavi "shunchaki twttrimni to‘g‘rilayapman" deya yozilgan tvitni 5-aprel kuni OpenSea onlayn NFT savdo do‘konida tahminan $50 millionni ko‘zlab sotuvga qo‘yayotganini e’lon qildi:

"Men ushbu NFT'ni (dunyodagi birinchi tvit) sotishga va tushumning 50 foizini (25 million dollar yoki undan ko‘proq) xayriya fondiga berishga qaror qildim."

Estavi chuchvarani hom sanaganligini uning o‘zi "raqamli dunyoning Mona Lizasi" degan NFT tvit uchun o‘tgan haftada atigi $280 atrofida taklif qilinganida bildi. Biroq, bugungi kunga kelib narx biroz oshdi va ayni damda dunyodagi birinchi tvit NFT salkam $13,000 (o‘z narxining 0.45 foiziga) ga baholanmoqda.

2021-yili may oyida o‘zining Bridge Oracle kompaniyasi sabab qamoqqa olingan va 2022-yilning fevral oyida ozodlikka chiqarilgan Estavi BBC nashriga, agar u "yuqori taklif" ololmasa, bu tvitni "hech qachon sotmasligi" mumkinligini, shuningdek, bu NFT har kimga ham sotilavermasligini, masalan Ilon Maskka o‘xshagan arzirli odamni qidirayotganini aytgan.

"O‘tgan yili men bu NFT uchun pul to‘laganimda, NFT nomini juda kam odam eshitgan edi. Endi men bu NFT raqamli dunyoning Mona Lizasi deb aytaman. Ulardan faqat bittasi bor va u hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi. Yillar o‘tib, odamlar ushbu NFT qiymatini tushunadilar, buni yodda tuting. Menimcha, bu NFT'ning qiymati siz tasavvur qilganingizdan ancha katta va uni sotib olmoqchi bo‘lgan har bir kishi unga munosib bo‘lishi kerak. Menimcha, Ilon Mask kabi kimdir bu NFT'ga loyiq bo‘lishi mumkin." deydi janob Estavi BBC nashriga.

O‘QING: Eng mashhur kiber sport o‘yinlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!