Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Bir necha hafta oldin Niderlandiyada sinovdan o‘tkazilgan 5G tarmog‘i o‘nlab qushlarning o‘limiga sabab bo‘lgan edi. Gaga shahrining Gyugens xiyobonida o‘tkazilgan sinovdan so‘ng 150 tadan ortiq qushning jasadi topilgan.

O‘tgan oyning oxirida «O‘zbektelekom» kompaniyasi filiali – O‘zbekistonning UzMobile  milliy mobil operatori va mobil Internet sohasining yirik vakili ZTE Corparation Toshkent shahrida Pre5G’ning laboratoriya sinovlari tugallangani haqida xabar qildi. Bu – O‘zbekistondagi birinchi Pre5G testi bo‘lib, loyiha operator tarmoqlarida tirbandlik bilan qanday ishlash kerakligini tushunishga yordam beradi. Sinovlar sohaning 4×4 MIMO, 256QAM va boshqa ilg‘or texnologiyalari agregatsiyasini qo‘llash orqali o‘tkazildi.

O‘QING: 5G-smartfonlarini qaysi kompaniyalar chiqarishi ma’lum bo‘ldi

5G tarmog‘ida foydalanuvchilar yanada barqaror tarmoqqa ega bo‘lib, 5G hozirgi 4G tarmog‘idan ancha tezroqdir. O‘lchash moslamasini qo‘lida ushlab tekshirar ekan, «SchweizerRadio und Fernsehen» radiosi sharhlovchisi shunday deydi: “Joriy ko‘rsatkichlar 5G parametrlarini ko‘rsatolmaydi. 5G’da simsiz Internet bugungi kunga nisbatan ancha tezroq bo‘ladi!»

Ba’zi mutaxassislar 5G tarmog‘ining sog‘liq uchun tahdidi haqida ogohlantiradi.

«SchweizerRadio und Fernsehen»ga bergan intervyusida Shveytsariyaning Bazel shtab-kvartirasida joylashgan «Shifokorlar – atrof muhitni muhofaza qilish tarafdori» (Die Ärztinnenund Ärzte für Umweltschutz) notijorat tashkilotining rahbari Piter Kelin shunday deydi:

«Yuqori chastotali yangi avlod mobil tarmoqlarining jadal rivojlanishi xatarli bo‘lishi mumkin. Ushbu texnologiyalarning inson salomatligiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar hali o‘tkazilmagan. Shuning uchun biz bunga aniqlik kiritgunimizcha moratoriy (ularning ishga tushirilishiga taqiq)ni qo‘llab-quvvatlaymiz».

Yuqori chastotalarning inson sog‘lig‘iga ta’siri borasida hali tadqiqotlar o‘tkazilmadi. Ammo Piter Kelinning ta’kidlashicha, «bir narsa aniq: bu chastotalar doimo ultrabinafsha nurlanishiga duch keladigan terida faol ravishda so‘riladi. Bu esa ayni vaqtda onkologik kasalliklarningko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin».

Ma’lumot uchun, butun dunyoda mobil ma’lumotlar trafigi doimiy ravishda oshib bormoqda. O‘tgan to‘rt yil mobaynida esa har yili ikki barobarga ortdi. 2015-yildan 2016-yilgacha uning hajmi 78 foizga oshgan.

Manba: korrespondent.uz

O‘QING: Huawei flagmanlari uchun 5G-modulli Kirin 990 protsessori yaqinda taqdim etiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!