Nihoyat, Apple rasmiy saytiga iPhone 9 chiqdi: kutilganidan ancha qimmat!

  •   DiMaX
  •  16857
  •  01.04.2020 13:42

Nihoyat, Apple rasmiy saytiga iPhone 9 chiqdi: kutilganidan ancha qimmat!

Kechagina biz iPhone SE 2 (yoki iPhone 9) smartfonining 31 mart kuniyoq namoyish etilishi haqida yozgandik. Bu xabarlar o‘zini oqlamadi, lekin ushbu model allaqachon narxi bilan birga korporatsiyaning rasmiy saytiga chiqdi!

O‘QING: iPhone SE 2 yolg‘iz emas – hamyonbop iPhone 9 Plus ham chiqadi!

Bugun – 2020 yilning 1 aprel sanasida Apple korporatsiyasining Xitoydagi rasmiy saytida hali rasman namoyish etilmagan iPhone 9 smartfoni suratlari paydo bo‘ldi. Mazkur ayfonning faqat orqa paneli aks ettirilgan bo‘lib, ikki xil – ko‘k va kul rang korpusli variantlari ko‘rsatilgan.

Oldingi ko‘plab sizib chiqqan ma’lumotlarda aytilgani va renderlarda ko‘rsatilgani kabi, yangi ayfonning orqa paneli klassik dizaynda. Bosh kamerasi bittagina tasvir datchigiga va fotochaqnoqqa ega.

O‘QING: Smartfoningiz fotochaqnog‘iga qo‘shimcha imkoniyatlar baxsh etuvchi uchta bepul ilova

Apple hali rasman taqdim qilinmagan mahsulot haqidagi yuqoridagi ma’lumotning saytga chiqib ketganini payqab qolib, tezda o‘chirgan. Ammo foydalanuvchilar shungacha undan skrinshot olib, internetga tarqatib ulgurishgandi.

Masalaning muhim jihati shundaki, yuqoridagi skrinshotda iPhone 9 modelining rasmiy narxi ham aniq ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, Xitoyda mazkur ayfon 422 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotiladi. Holbuki, bu smartfon uchun AQSh hududida 399 dollarlik narx belgilanishi aytilib kelayotgan edi.

Shuningdek, o‘zining insayderlik ma’lumotlari bilan tanilgan tarmoq informatori Jon Prosser (Jon Prosser) Apple korporatsiyasining ichki yig‘ilishi haqidagi xabarni tarqatdi. Majlisda ular iPhone 9 smartfonini aprelda taqdim qilishga kelishib olishgan, deydi Prosser. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, uning namoyishi 15 aprelda bo‘lib o‘tadi, sotuvga esa bu ayfonni 22 apreldan chiqarishadi. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli bu muddatlarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

O‘QING: Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!