Nihoyat, bu ilova TikTok’ni yengib o‘tib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3524
  •  07.12.2020 16:12

Nihoyat, bu ilova TikTok’ni yengib o‘tib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi!

SensorTower tahlil kompaniyasi butun dunyo bo‘yicha yuklab olinishi va daromad keltirishi bo‘yicha eng yaxshi ilovalar ro‘yxatini e’lon qildi. O‘yin bo‘lmagan dasturlar orasida bir necha oydan buyon yetakchi bo‘lib kelayotgan TikTok (Xitoyda – Douyin) bu gal yon berishga majbur bo‘libdi.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Hisobotga ko‘ra, bu gal WhatsApp birinchi – 2020 yil noyabr oyining o‘zidayoq uni 58 million martadan oshiq o‘rnatib olishgan! Ularning eng ko‘pi – 30 foizi Hindiston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ikkinchi o‘rinni esa 10 foizlik ulush bilan Nigeriya egallagan.

Quyidagi jadvalda ilk ustunda umumiy yuklab olishlar bo‘yicha, keyingilarida esa tegishlicha App Store va Google Play do‘konlaridan yuklab olinishiga ko‘ra top-o‘ntalik keltirilgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, kuchli uchlikni Facebook yakunlab bergan. O‘ntalikka yana tegishlicha Weather and Radar USA, Instagram, Zoom, Snapchat, Facebook Messenger, Telegram hamda SnackVideo dasturlari kirgan.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, TikTok va uning xitoycha versiyasi – Douyin noyabrning o‘zida birgalikda 123 million dollar daromad keltirgan. Bu esa bir yil oldingisidan taxminan 3,7 karra yuqori ko‘rsatkichdir.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda umuman kutilmagan ijtimoiy tarmoq 1-o‘ringa chiqdi! (+infografik video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!