Nihoyat, bu mashhur o‘yin Google Play’ga ham chiqishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1961
  •  10.12.2019 10:43

Nihoyat, bu mashhur o‘yin Google Play’ga ham chiqishi mumkin!

«Shohona jang» janridagi Fortnite o‘yini Android-qurilmalar uchun o‘tgan yiliyoq taqdim etilgan, hammo hozirgacha Google Play’ga qo‘yilmagan. Uni ishlab chiqqan Epic Games rasmiy sayti orqali tarqatishyapti, Samsung gadjetlari esa Galaxy Store’dan o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: Eng muvaffaqiyatli mobil o‘yin shu kungacha yarim milliard dollar daromad keltirgan

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Epic Games ushbu mahsulotini yaqin orada Google Play’ga yubormoqchi. Biroq uni ishlab chiqqanlar o‘yin ichidagi o‘z to‘lov tizimlaridan voz kechmoqchi emaslar.

Gap shundaki, Google Play shartlariga ko‘ra, mazkur katalogga qo‘yilgan dasturiy ta’minot mahsulotlarida ichki xaridlar nazarda tutilgan bo‘lsa, u holda Google to‘lov infratuzilmasini qo‘llashlari kerak. Epic Games esa daromadining 30 foizini Google’ga komissiya sifatida qoldirishni istamayapti va qidiruv giganti Fortnite borasida istisno qilishidan umidvor. Biroq hali Google bu borada bir qarorga kelmagan va Fortnite uchun o‘z qoidalaridan chekingisi yo‘q.

Buyog‘iga nima bo‘lishi endi mazkur ikki kompaniyaning o‘zaro kelishuviga bog‘liq. Hozirsa esa Android-qurilmalar egalari mana bu havola orqali o‘tib, sahifadagi QR-kodni skanerlash orqali Fortnite’ni yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: Qo‘l-oyoqsiz geymer Fortnite’dagi g‘alabalari bilan Ginness rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.