Nihoyat, endi barqaror Telegram’da ham chatlarni saralash mumkin!

  •   DiMaX
  •  2011
  •  24.02.2020 13:31

Nihoyat, endi barqaror Telegram’da ham chatlarni saralash mumkin!

Ommabop Telegram messenjerining ayrim muqobil norasmiy ilovalarida (masalan – Plus Messenger’da) chatlarni toifalarga ajratib ko‘rsatish funksiyasi bor. Durov jamoasi ushbu imkoniyatni rasmiy kliyentlarga ham qo‘shayotgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Telegram 5.15: yangilangan profil, atrofdagilarni topish va Valentin kuniga animatsiyali emodzilar!

Mac App Store ilovalar do‘konida macOS tizimi uchun yangilangan Telegram paydo bo‘ldi va unga qo‘shilgan imkoniyatlardan biri ham aynan shu bo‘ladi. Dastlabki sozlamalar bo‘yicha unda to‘rtta varaqa (filtr) ko‘rinib turadi: All Chats – barcha yozishmalar, kanallar va botlar; Unread – o‘qilmay qolgan xabarlar, Unmuted – bildirishnoma kelishi o‘chirib qo‘yilgan chatlar, kanallar va botlar; Channels – faqat kanallar.

Telegram messenjerining macOS kliyentida yana barqarorlik oshirilgan, xotiradan foydalanish jarayoni optimallashtirilgan. Shuningdek, bir qator mayda kamchiliklar bartaraf etilib, yaxshilash ishlari olib borilgan.

O‘QING: «Bu ilovadan foydalanish xavfli!» – Telegram asoschisi yana chiqish qildi

Telegram’ning macOS ilovasida endi yuqoridagi varaqalardan istalgan biri ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertib, nomini o‘zgartirish, yangi varaqa qo‘shish yoki mavjud varaqani o‘chirish kabi imkoniyatlar bor. Yangi filtr qo‘shayotib, siz yuqoridagi to‘rttasidan birini tanlashingiz ham, o‘zingiz yangisini yaratishingiz ham mumkin.

Endi chatlarni saralash funksiyasining boshqa tizimlar uchun taqdim etilgan Telegram kliyentlariga hamda Telegram Desktop dasturiga ham qo‘shilishini kutamiz. Bu boradagi yangiliklarni Terabayt.Uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: Telegram’da telefon raqamingizni butkul yashirish yo‘lini o‘rganib oling