Nihoyat, Galaxy S10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  1846
  •  11.01.2019 09:55

Nihoyat, Galaxy S10 taqdimot kunini Samsung rasman e’lon qildi!

Samsung kompaniyasi ko‘pchilik orziqib kutayotgan Galaxy S10  smartfonlarining namoyish kunini ma’lum qildi. Ushbu turkum qurilmalar taqdimoti uchun maxsus Galaxy Unpacked tadbiri o‘tkaziladi.

O‘QING: Galaxy S10 sifatli «jonli» suratda: yupqa romli, chetlari qayrilma displey «tirqish»idagi kamera!

Xullasi kalom, navbatdagi Galaxy Unpacked marosimi shu yilning 20 fevralida, San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tadi. Buni Samsung quyidagi reklama posteri orqali ma’lum qildi:

Posterda 10 raqami hamda chekkalari qayrilgan displeyli ikkita smartfon qirralari aks etgan. Shuningdek, unda taqdimot sanasi tushirilgan va namoyishni www.samsung.com rasmiy sayti orqali butun dunyo bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda kuzatish mumkinligi bildirilgan.

Turli xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S10 turkumi uchtadan beshtagacha modeldan iborat. Ularning barchasi flagman protsessorlarga ega, oralaridagi farqlar esa ekran o‘lchami, kameralar va akkumulyatorlarda namoyon bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S10 Lite emas, balki S10 E, tag‘in u muhim funksiyadan mahrum ekan!