Nihoyat, Google Play’da o‘zbekistonliklar ham merchant akkaunt ochib, daromad olishlari mumkin – bu nimani anglatadi?

  •   DiMaX
  •  2801
  •  30.06.2018 16:06

Nihoyat, Google Play’da o‘zbekistonliklar ham merchant akkaunt ochib, daromad olishlari mumkin – bu nimani anglatadi?

Android platformasidagi qurilmalar uchun ilovalar rasmiy katalogi – Google Play’ni bilmagan odam kam bo‘lsa kerak. Unga pulli va bepul ilovalarni ularning ishlab chiquvchilari (dasturchilar) hamda sotuvchilari (merchantlar) joylab borishadi.

O‘QING: Android dasturlash – Mobil Taraqqiyot

Ammo katalog egasi bo‘lmish Google kompaniyasi barcha mamlakat rezidentlari uchun ham bunday akkauntlar ochish va ular orqali ilovalar joylashga ruxsat bermagan. Yaqin kunlargacha O‘zbekistondan ham dasturchi va sotuvchi sifatida akkaunt ochish imkoni yo‘q edi.

Ma’lum bo‘lishicha, «qidiruv giganti» shu kunlarda O‘zbekiston rezidentlari uchun ham har ikki turdagi akkaunt ochish imkoniyatini taqdim etgan. Bu haqda kompaniya saytining tegishli sahifasida ma’lumot e’lon qilingan.

Bu degani – endi Android-ilovalarni ishlab chiquvchi dasturchilar Google’dan shunday akkaunt ochib olib, o‘z ishlanmalarini bu katalogga pulli asosda ham joylashlari mumkin. Bunda dasturlar savdosi uchun pul birligi sifatida AQSh dollari ko‘rsatilgan.

Demak, o‘zbekistonlik dasturchilar endi o‘z mahsulotlarini Google Play ilovalar do‘konida rasman sotuvga qo‘yish imkoniyatiga egalar.

O‘QING: Nega dasturchilar davlat ishlaridan qochishadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.