Nihoyat, Honor Watch Magic smart-soati rasman namoyish etildi

  •   DiMaX
  •  1127
  •  01.11.2018 15:54

Nihoyat, Honor Watch Magic smart-soati rasman namoyish etildi

Xitoylik texnogigant Honor brendi ostida yangi modeldagi «aqlli» soatini tayyorlaganidan xabaringiz bor. Mazkur gadjet kutilganidan sal boshqacharoq – Honor Watch Magic nomi bilan taqdim qilindi.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Honor Watch’ni ilk suratlarda ko‘ramiz!

Xitoyda bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ko‘rsatilgan mazkur aksessuar 1,2 dyuymlik doirasimon AMOLED-displeyga ega. Huawei ta’kidlaganidek, u hozirgacha bozorga chiqqan soatlar ichida eng yupqalaridan biri bo‘lib, qalinligi atigi 11 millimetrga teng.

Honor Watch Magic akkumulyatori 178 mA/soatlik bo‘lib, bitta to‘la quvvat bilan bir haftagacha ishlay oladi. Unda NFC, GPS, Beidou va GLONASS modullari, barometr va kompas mavjud.

O‘QING: Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

Smart-soat Wear OS emas, balki kompaniyaning o‘z ishlanmasi bo‘lgan operatsion tizimga ega. Devaysning korpusi 5ATM darajasida suvdan himoyalangan, ya’ni u 50 metrgacha suv tubiga tushganida ham shikast yetmaydi.

Mazkur «aqlli» soat real vaqt rejimida uzluksiz tarzda tomir urishini o‘lchab tura oladi, shuningdek unda stress-monitor funksiyasi ham bor. Honor Watch Magic to‘g‘ri uxlashga oid, nafas olish texnikasiga tegishli maslahatlar berib turadi.

Huawei mazkur mahsulotining Xitoydagi savdosini 1 noyabrdan boshlagan. Uning sportchilarga mo‘ljallangan – qora-qizil silikon tasmachali modeli uchun 128,9 dollar, charm tasmachali klassik modeli uchun esa 143,2 dollar narx belgilangan. Shuningdek, kelasi yilning yanvaridan Honor Watch Magic global savdoga ham chiqariladi.

Ayni damda esa Terashop.uz internet-do‘konimizda ayrim kompaniyalarning turli rusumlardagi smart-soatlari va «aqlli» bilaguzuklarini onlayn tarzda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.